Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Lola.t3

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

         “ Virusologiya”- viruslar haqidagi juda yosh fan bo’lib, uning tarixini boshlanganiga yuz yildan oshgan.  Virus – grekchadan tarjima qilinganda “ Zahar” degan ma’noni anglatadi.   Biologiya fani doirasida Virus tushunchasi birinchi marotaba Golland M.Beyerik (1898) va nemis genetigi E. Baur (1904) ishlarida uchragan. Virusli kasalliklar

          Viruslar faqat hujayralarda yashaydi. Ular o’z  metabalizmiga ya’ni mustaqil oqsil sintezlash hususiyatiga ega. Viruslarning ko’payishi sitoplazmadagi aminokislotalar bilan bo’gliq. Millionlab viruslar molekulyalari yi’g’indisi mikroskop ostida kristallar yoki  X – tanachalar shaklida ko’rinadi.  Shu o’rinda aytib o’tishimiz kerakki, Molekulyar virusalogiya viruslar nuklein kislotaning tuzilishi, funksiyasi va virus genlarining ekpessiyasi mexanizmlarini organizmning viruslar qo’zg’otadigan kasalliklarga chidamliligi, tabiati hamda viruslarning molekulyar evolyutsiyasini o’rganadi. Uning maxsus qobig’i mavjud bo’lib “ Kapsid” nomi bilan adabiyotlarda qo’llaniladi.

Kapsid virusning oqsil qobig’i bo’lib , bir qancha oqsil molekulyarlaridan tashkil topgan. Kapsidni hosil qiluvchi oqsillar “ KAPSOMER” deb ataladi.

Kapsid oqsillari virus genomi orqali kodlanadi, ya’ni bu oqsillar viruslar boshqaruvi ostida xo’jayin hujayra tomonidan sintezlanadi.

Dunyo olimlarining Virusalogiya haqida ilmiy fikrlari quyidagicha: akademik, В.Л. Омелянский bir necha yillar muqaddam mikroblarga shunday ta’rif bergan  “Mana shu  mikroskopik, lekin shavqatsiz dushman tufayli bir qancha viloyatlar  xalqlarini qirib bitiradigan va qisqa muddat ichida yuzlab, minglab odamlarning yostig’ini quritadigan xafli epideminyalar ( vabo, sil, diffteriya, kuydirgi, qoqshol va boshqalar ) paydo bo’lgan” mikroblar hamma joyda bor. Ko’zda ko’rinmasdan ular odamning hayot yo’lida hamroh bo’ladilar degan fikrni ilgari surgan.

       XXI  asr vabosi  1984- yilning 5- uyunida tibbiy  mutaxasislar    sirli va xatarli bir  kasallik haqida ma’lum qilib, insoniyatni ogohlikka chorlaydi. Tez orada unga nom ham berildi – OITS! (  orttirilgan immun tanqisligi sindromi ). Ushbu sindrom OIV ( orttilirgan immun tanqisligi virusi) tomonidan chaqiriladigan kasallik.

     Kasallik, inson immun tizimini o’zgartiradi, infeksion va boshqa kasalliklarga sezuvchanligini oshiradi. Agar bu sindrom rivojlansa bu sezuvchanlik yanada oshadi.OITS

OIV – bu virus, odamning immun hujayrasi bo’lgan CD-4 hujayralarini zararlaydi.

OITS- bu sindrom. OITS ko’p hollarda OIV virusini o’z vaqtida davolanmaslik natijasida yuzaga keladi. OIV virusining immun tizimiga bo’lgan ta’siri natijasida hamda gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik  va narkotik vositalarni qabul qilishda yuzaga keladigan xafli kasallik sindromi tarqala boshlaydi. Hozirgi kunda eng dolzarb muammolaridan biri   OITS ga qarshi maxsus dori vositasitalari dunyo bo’ylab mavjud emasligi, lekin  ma’lum bir miqdorda maxsus vositalarni  OIV virusi bilan zararlangan odamlarga, faqatgina ulardagi virusning ko’payishini to’xtatish orqali yordam berishimiz mumkinligi aniqlangan.  OIV- antiretrovirusida davolashning erta boshlanishi muhim ahamiyatga ega, chunki bu orqali inson hayotiligi davomiligini uzaytirish mumkin.


[1]

Xulosa o’rnida , viruslar avtonom genetik tuzilmalar bo’lib hujayradan tashqarida rivojlana olmaydi hamda sun’iy ozuqaviy muhitda ham rivojlanmasligi viruslarning o’ziga xos xususiyatidir. Virusologiya viruslarning morfologiyasi va ularni morfogenezi haqida yangi ma’lumotlar beradi.  Virus o’zining sintetik apparatiga ega bo’lmagan tabiiy sharoitda begona hujayra sistemasida reproduksiyalanadigan hayotning hujayrasiz shaklidir. Elektron mikroskopda viruslarni o’rganish metodlarini mukammallashtirish  virusning rivojlanishi uchun turli omillarga tayanadi.  Ushbu omillarga insonning yoshi, organizmining OIV virusdan himoyalanish xususiyati, sog’lomligi hamda turli infeksiyalariga chidamliligi bo’lishi mumkin.

Molekulyar virusalogiya va virus genlarining ekspressiyasini o’z ichiga olgan bu maqolamizda OITS va OIV ularning simptomlari, sabablari va qisqacha davolash haqida ma’lumotlar berdik.




Respublikabo’yichakasallikkachalinganlarning:


·       Erkaklar - 55 %

·       Ayollar – 45 %

·       18 yoshgato’lmaganbolalar – 14 % tashkiletadi.

  1. „Virusalogiya va virus genlarining ekspressiyasi“ (2022-yil 26-oktyabr). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-noyabr.