Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Gulsanam Jahongirovna/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bu yerlarning tub aholisi qatoriga pilagas, wichis va toba qabilalari kiradi, ularning tillari viloyatda hali ham qoʻllaniladi.

Sebastian Cabot va Diego Garcia de Moguer ilk marotaba XVI asr boshlarida Peru vitsa qirolligidan Asunciongacha boʻlgan yoʻlni topishga urinib, hududni oʻrganishgan. Pilcomayo va Bermejo daryolarijuda sayoz boʻlganligi sababli, Asuncion boʻylab yoʻl oʻrnatishlar toʻxtatilgan.

Hududdagi birinchi Yevropa aholi punkti, Concepcion del Bermejo 1585-yilda tashkil etilgan. 1810-yillarda Argentina va Paragvay davlatlarining mustaqilligi rasman eʼlon qilinganidan soʻng, bu hudud ikki davlat oʻrtasida tortishuv ostida qolgan. Bu masala Uch Ittifoq urushi (1865—1870)gacha hal boʻlmadi. 1879-yilda qoʻmondon Luis Jorge Fontana Formosa aholi punktiga asos solib, chekka hududni milliy eʼtiborga olgan holda, 1884-yilda hududiy maqomini tiklashga yordam bergan. Formosada 1914-yilda 20,000 dan ziyod aholi istiqomat qilgan. Biroq, 1955-yilda prezident Juan Peron tomonidan viloyat maqomini olganida, aholi koʻrsatkichi 150,000 mingga yetgan. 1947-yilda Argentina Jandarmeriyasi koʻchmanchi amerikaliklar qabilasining Rincon Bomba qirgʻinidan soʻng, prezident Peron viloyatda yer islohoti dasturini boshlagan. 1955-yilga kelib, 4,000 ga yaqin yer uchastkalari tashkil etilgan. Nisbatan barqaror boʻlsa-da, asta-sekin oʻsishda davom etayotgan National University of the Northeastning Formosa binosi 1988-yilda, National University of Formosa sifatida barpo etilgan.