Foydalanuvchi:ELBEK2622/MALIK ABDUSAMATOV
MALIK ABDUSAMATOV
[tahrir | manbasini tahrirlash]Malik Shoaxmedovich Abdusamatov (4-aprel 1928-yil — 2008-yil) — sovet va oʻzbek sharqshunos — eronshunosi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Oʻzbekistonning mashhur sharqshunos va eronshunoslaridan biri, Oʻzbekistondagi eronshunoslik maktabining yorqin namoyandalaridan biri. U oʻzbek tilida fors tiliga oid bir qator darslik va kitoblar, jumladan, mashhur fors tili darsligi muallifi sifatida tanilgan.
MALIK ABDUSAMATOV |
---|
SHAXSIY MALUMOTLARI |
TAVALLUDI - 4-Aprel 1928 yil |
VAFOTI - 29-Oktabr 2008 yil
(80 yoshda) Toshkent, O'zbekiston |
BIOGRAFIYASI
[tahrir | manbasini tahrirlash]Malik Abdusamatov 1928-yil 23-aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1950-yilda Toshkentdagi Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) Sharq fakultetining Eron-Afgʻon boʻlimini tamomlagan. Universitetni tugatgach, 1954-yilgacha aspiranturada ishladi. 1954-1956-yillarda Moskva xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasida ishlagan.1957-1958-yillarda i Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi (hozirgi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi) Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim boʻlgan. 1959-yildan Malik Shoaxmedovich fors tili katta oʻqituvchisi lavozimida ishlay boshladi. 1974-yilda esa u „Fors tili darsligi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.1976-yilda dotsent lavozimida ishlagan.[3]1979-yildan Malik Shoaxmedovich Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) Sharq fakulteti Eron-afgʻon filologiyasi kafedrasi dotsenti. 1990-2005-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Sharq tillarini oʻqitish pedagogikasi va metodikasi kafedrasi mudiri.1995-yilda Eron poytaxti Tehronda boʻlib oʻtgan fors tilini oʻrganish boʻyicha xalqaro anjumanda qatnashdi.Malik Abdusamatov 2008-yilda 80 yoshida vafot etdi.