Foydalanuvchi:Dostonqurbonov2311/Mitan urug`i
Mitan urug`i
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mitan urug`i - o‘zbek va qoraqalpoqlar elini mitanlar, muetenlar qabilasi qadimgi massagetlarning avlodlaridandir. Mitan, mo‘yten, usurgen qabilalarining kelib chiqishini bir guruh olimlar bizning eramizning minginchi yillarida qoraqalpoq - bulg‘or - boshqird folkloriga asoslanib sarmatlar, avarlar, xazarlar, bulg‘or va boshqirdlarni Oltin O‘rda xonligida va o'sha davrlarda Orolbo'yi, Sirdaryo bo‘ylaridan migratsiya natijasida Markaziy Osiyo va Povolje ( Поволжье ) bo‘ylarida urug‘ sifatida maydonga kelgan degan taxminlarni aytadilar. Hozirgi paytda Mitanlar 92 bovli o‘zbek elining eng qadimgi qabilalaridan biri bo'lib, Samarqand shahri yaqinida Mitan tumanida mitanliklar urug'iga mansub xalqlar yashaydi. Qoraqalpoq, qozoq, boshqird, qirg‘iz va boshqa xalqlar etnonimida ham mitan qabilasining urug‘lari uchraydi. Mitanlar urug'ini kelajakda o‘rganish o'zbek etnonim olimlarining muhim ishlaridan biri bo'lib hisoblanadi.[1]
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]N. Norboyev " O‘zbek elining qabila va urug‘lari haqida " ( 61 - bet ) Toshkent - 1997
- ↑ N. Norboyev " O‘zbek elining qabila va urug‘lari haqida " ( 61 - bet ) Toshkent - 1997.