Foydalanuvchi:Dldorakhan
[1]Kitobiyot - ( bibliografiya - yunoncha “biblion”- “kitob”, “ grapho”-“yozaman”) adabiyotshunoslikning yordamchi sohalaridan biri boʻlib, turli-tuman asarlarning tematik va xronologik roʻyxatini tuzadi, ularning har biriga alohida tarzda (kitob muallifi, nashriyoti, nashr etilgan yili, kitobning nomi, hajmi va sh.k.) izoh beradi va son-sanoqsiz adabiyotlar orasidan kerak boʻlganini tez va oson topib olinishini ta’minlaydi.
Bibliografiya - umumiy bibliografiya, maxsus bibliografiya va tematik bibliografiya kabi bir nechta turlarga boʻlinadi.
Umumiy bibliografiya - kutubxona misolida oladigan boʻlsak, oʻsha yerda jamlangan hamma kitoblarning alfavitli koʻrsatkichlari hisoblanadi.
Maxsus bibliografiya- biror adabiyot namoyondasining, masalan, Alisher Navoiy yoki Hamid Olimjon ijodlari boʻyicha tuzilgan koʻrsatkichli bibliografiyadir.
Tematik bibliografiya- badiiy asar sujeti mavzusidagi koʻrsatkichli bibliografiyadir.
Xullas, bibliografiya oʻrganilishi zarur boʻlgan manbalarni aniqlaydi. Ularning ilmiy roʻyxatini tuzadi va shu bilan birga asarlarni baholash metod va mezonlarini ham ishlab chiqadi.
Foydalanilgan Adabiyotlar.
HOTAM UMUROV. “ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI”. Toshkent. Abdulla Qodiriy nomidagi “Xalq merosi” nashriyoti - 2004.
- ↑ Yangi maqola.