Foydalanuvchi:Bobur rb09/qumloq
“SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI” KURSINING MAQSADI VA VAZIFALARI[1]
Tayanch so‘z va iboralar: O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti, O‘rta Osiyo, Sharq allomalari, qomusiy olimlar, Birinchi va Ikkinchi Renessans, ilm-fan, ilmiy meros islom madaniyati, daholik fenomeni.
REJA:
1. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari.
2. O‘rta Osiyo qomusiy allomalarning hayoti va ilmiy merosini jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati.
2. O‘rta Osiyo Renessansi va bosqichlari
3. O‘rta Osiyo buyuk allomalarining merosi va hozirgi zamon.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Xayrullayev M. O‘rta Osiyoda ilk uyg‘onish davri madaniyati. – T.: “Fan”, 1994.
2. Zohidiy A. Turkistonda o‘rta asr arab – musulmon madaniyati. – T., 1990.
3. Ma’naviyat yulduzlari. – T.: “Xalq merosi”, 2001.
4. Islom. Ensiklopediya. 2-nashri. – T., 2017.
5. Homidiy H. Tasavvuf allomalari. 2-nashri. – T., 2017.
6. O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti. – T., 2010.
7. Buyuk yurt allomalari. – T., 2017.
8. Hoji Ismatulloh Abdulloh. O‘rta Osiyoda islom madaniyati. – T., 2005.
“Sharq allomalarining ilmiy merosi” kursida O‘rta Osiyodan yetishib chiqqan 19 nafar buyuk qomusiy allomalarning hayoti, faoliyati hamda ilmiy merosini o‘rganish masalalarini qamrab olgan. Buyuk vatandosh allomalarning insoniyat yaratgan sivilizatsiyaga qo‘shgan bebaho hissasini tahlil etilib, ularning Birinchi va Ikkinchi Renessans davridagi ilm-fanda qilgan kashfiyotlari negizlari o‘rganilgan. Sharqda daholik fenomeni bayon qilingan. Islom va ilm muammosi hamda O‘rta Osiyodagi yirik ilmiy markazlardagi olib borilgan tadqiqotlar haqida ma’lumot berilgan.
Islom madaniyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari, O‘rta Osiyolik allomalarning bu madaniyatga qo‘shgan hissalari va uning ahamiyati haqida ma’lumot keltirilgan. Milliy ma’naviy hayotimizda allomalar merosining tutgan o‘rni yoritilgan. Barkamol avlodni tarbiyalashda buyuk allomalarimizning merosi, O‘rta Osiyolik buyuk allomalar merosining umuminsoniy jihati haqida ham to‘xtalgan. Allomalarmizining insoniyat yaratgan sivilizatsiyaga qo‘shgan hissasi haqida teran tushunchalar berilgan.
Talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko‘maklashish va jahon miqyosida mavjud bo‘lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o‘rganadi.
Shuningdek, “Sharq Osiyo allomalarining ilmiy merosi” kursi haqidagi bilimlarni qaror toptirish mavjud ilmiy adabiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘rganish, fan bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Kursni o‘rganishdan maqsad – talabalarda O‘rta Osiyo zaminida yetishib chiqqan buyuk allomalarning ilmiy merosi haiqda obyektiv taassurot uyg‘otish hisoblanadi. Ushbu qomusiy allomalarning tabiiy va ijtimoiy fanlarga qo‘shgan hissasini atroflicha tahlil qilish, ularning jahon ilmidagi o‘rnin anglash sanaladi.
Kursning vazifasi talaba yoshlarda Sharq allomalarini qoldirgan ma’naviy merosiga qiziqish uyg‘otish va bugungi ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarda ulardan samarali foydalanish ko‘zda tutiladi.
Mazkur o‘quv kursni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalar:
kursninng maqsad va vazifalari, O‘rta Osiyo fanining shakllanishi va taraqqiyoti, fandagi asosiy yo‘nalishlar tarixini bilishi;
O‘rta Osiyoda diniy bilimlar bilan dunyoviy bilimlarning o‘zaro aloqadorligi;
mintaqa allomalarining faoliyati va ularning qoldirgan ilmiy merosini anglab yetishi;
hududda faoliyat olib borgan ilmiy markazlar;
O‘rta Osiyo allomalari tarixining turli davrlardagi tarixiy jarayonlarning o‘ziga xosligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
tarixiy ma’lumotlarni xolis, tarixiylik asoslari asosida tahlil qilish va mustaqil tadqiq qilishi;
O‘rta Osiyodagi Birinchi va Ikkinchi Renessansi jarayonlarini bilishi;
fanining muhim voqealari bilan bog‘liqligini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Yangi O‘zbekistonda milliy tarixni to‘laqonli o‘rganish davlat siyosati darajasidagi vazifa qilib belgilandi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’qidlaganidek: “Bir haqiqatni barchamiz chuqur anglab olishimiz kerak: milliy tarixni xalqimiz, aniqsa, yoshlarimizga milliy ruhda yetkazish, ularning qalbiga, shuuriga singdirish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi. Shuning uchun ham biz tariximiz-ning barcha bosqichlarini yaxlit holda qabul qilib, har tomonlama chuqur o‘rganishimiz zarur.
Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur.”[1]
Mamlakatimizda sodir bo‘lgan Birinchi va Ikkinchi Renessanslarning tarixini chuqur o‘rganish, ilmiy xulosalar chiqarish va hozirgi Uchinchi Renessans poydevorini yaratishning nazariy metodologik asoslarini ishlab chiqishdan hamda hozirda olg‘a surilayotgan “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari” shiori asosida xalqimizga, jumladan yoshlarga ajdodlarimiz yaratgan bebaho merosni yanada chuqurroq singdirishdan iborat.
Quyida dastlabki renessanslarning tarixini qisqa bayon etish, Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish jarayoni bo‘yicha dastlabki fikr-mulohazalar yuritiladi.
Biz Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekis-tonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilindi. Shu boisdan ham eng avvalo, Renessansning tarixiy ildizlari, asoslari uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz chuqur anglab olishimiz lozim.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev uqtirganidek: “Biz oldimizga jamiyatimizning yangi qiyofasini yaratish, Yangi O‘zbekistonni barpo etish masalasini strategik vazifa sifatida qo‘ydik”[2]
O‘rta asrlarda yashagan buyuk allomalar mislsiz dahosining mahsuli o‘laroq, yuzaga kelgan beqiyos ilmiy merosni yangi tamoyillar asosida tadqiq etish, ular tomonidan yaratilgan ilmiy kashfiyotlarning dunyo tomonidan rivojlangan o‘rnini belgilashda va Sharq xalqlari ilmiy tafakkurining jahonshumul ahamiyatini ko‘rsatib berish taqozo etilmoqda.
“Sharq” geografik tushuncha sifatida, dunyoning ikki qutbidan birini ifodalashi bilan birga qadimdan ko‘plab xalq va elatlarning betakror madaniyati hamda o‘ziga xos tamaddunini aks ettiruvchi makon o‘laroq, dunyo taraqqiyotida alohida o‘ziga xos salohiyatga ega hisoblanadi.
Qadimgi Rim allomalaridan biri “Nur, ziyo Sharqdan tara-ladi”, degan iborani qo‘llagan. Yunon faylasufi Plutarx (mil. 46-127) ham “Tarix Sharqdan boshlanadi”, degan jumlani ishlat-gan, hattoki olimlar shu nomda salmoqli asarlar ham yaratishgan.
Sharq Uyg‘onishi Yevropada ham tan olingan. “O‘sha paytda (XIII – XVI asrlarda) jaholat changalidagi Yevropaning ko‘p qismida musulmonlar ilm chirog‘ini yoqdilar...”, ispanlar yozuvi ham, shimo-liy oriylar yozuvi ham Osiyodan olingan; shimoli-g‘arbiy va shar-qiy Yevropa madaniyati yunon-rumo-arab urug‘laridan unib chiqqandir” (Gerder). “Platon, Aristotel asarlari ham Yevropaga dastlab arabcha tarjima va tahlillar orqali kirib borganlar. “Sharqliklar G‘arbni Aristotel falsafasi bilan yaratganlar” (Gegel).
Aniq fanlar va ularni o‘rganish usullarini, dehqonchilik va chorvachilik ishlarini, dengizda suzish, harbiy texnikani Yevro-paga Sharqdan olib rivojlantirdi. “Matematika, kimyo, algebra sohasida musulmonlarning xizmatlari buyuk. Bu fanlarda musulmonlar Yevropaning muallimlari bo‘lib qoldilar” (Gerder).
Yevropa Uyg‘onish davri adiblari A.Dante, Petrarka, J.Bokachcho Sharq ilm-fan, adabiy asarlaridan ilhomlanishgan A.Dante “Bazm”, “Ilohiy komediya” asarlarida Ibn Sino va Ibn Rushdni o‘z ustozlari qatorida ehtirom bilan tilga olgan. Ahmad Farg‘oniy asarlaridan foydalanganini aytadi[3]
Rus adibi V.Sulginskiy yozadiki: “G‘arb – oqil, Sharq – donishmand, G‘arb – kenglik, Sharq – teranlik, G‘arb – harakat bilan yashagan, Sharq esa orzu-umid bilan.” Agar G‘arbning atoqli insonlari faol bo‘lsalar, Sharqda ular faylasuflardir. Olimlar Sharq afsonalarida nafaqat chuqur falsafiy tizimlar, balki hamma falsafiy omillar, hind-yevropa mifologiyasining ifodasi-ni topdilar. G‘arbga nisbatan bir necha asr oldin Sharqda Yer yuzidagi hamma jonzotlarning evolyutsiyasi haqidagi ta’limot ishlab chiqilgan edi[4]
Bir paytlar Sharq dunyoga dong‘i taralgan olimlar, shoirlar hamda faylasuflar vatani deyilgan.
Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy-madaniy omillari ezgulik, bunyodkorlik va umuminsoniy taraqqiyotga xizmat qilib, ular mintaqamiz sivilizatsiyasining bosh g‘oyasi sifatida bugungi kunda ham amalda bo‘lib kelmoqda va ajdodlarimiz asos solgan o‘lmas g‘oyalar izchil davom etmoqda. Chunki, har qanday sivilizatsiya ko‘pdan-ko‘p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyati samarali ta’sirining mahsuli hisoblanadi.
So‘nggi davrda Markaziy Osiyo va qo‘shni hududlarda olib borilgan tarixiy, arxeologik va etnografik tadqiqotlar mazkur mintaqada qadimgi Sharq sivilizatsiyasining shakllanishi va rivojlanishida o‘ziga xos o‘rin tutganligini ko‘rsatuvchi ko‘plab ashyoviy dalillarni yuzaga chiqardi. Ularga asoslanib, “Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi”, “O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi”, “Turon yoki Turkiston sivilizatsiyasi” kabi tarixiy tushunchalar ilmiy tadqiqotlarda keng foydalanilmoqda[5]
Turon sivilizatsiyasi Zaratushtra davridan (miloddan avvalgi VIII-VII asrlar) to payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam zamonasigacha (VII-VIII asrlar) bir necha bor yuksalishi bilan birga inqirozli paytlarni ham boshidan kechirgan. Shunga qaramasdan qadimgi sivilizatsiya o‘z rivojida uzluksiz davom etgan. Qadimgi yunon tarixchisi Diodor: “Baqtriya ming shaharli mam-lakat”, deb bejiz aytmagan edi. IX-XII asrlarda qudratli Somoniylar, Qoraxoniylar va Xorazmshohlar davrida butun Sharqda bo‘lgani kabi Turonda ham buyuk Uyg‘onish – Renessans yuz bergan. IX-XII asrlarda Sharqdagi Uyg‘onish davri madaniyati o‘z navbatida Movarounnahr o‘lkasiga katta ta’sir ko‘rsatgan[6]
“Renessans” so‘zi – fransuzcha “Renaissonce”, italyancha – “Rinascimento” – qayta yuzaga kelmoq, yangidan tug‘ilmoq, qayta tirilish, uyg‘onish – degan ma’nolarni anglatadi[7]
“Uyg‘onish” istilyohi ilk bor XVI asrda me’mor, musavvir va san’at tarixchisi Jorj Vazari (1511-1574) tomonidan G‘arbiy Yevropada burjua munosabatlari rivojlanishining dastlabki bosqichi bilan shartlangan tarixiy davrni tavsiflash uchun qo‘llanilgan. Ushbu istilohning hozir biz bildirgan ma’nosi farang tarixchisi Jyul Mishle (1798-1874) tomonidan XIX asrda joriy qilindi[8].
“Musulmon Renessansi” tushunchalari tarix faniga taniqli Avstriya sharqshunosi Adam Mets (1876-1946) tomonidan XX asr boshlarida kiritilgan (1909). Olim “Sharq” atamasini tarixiy mazmunda ishlatib, O‘rta Er dengizidan to subkontinentgacha bo‘lgan yurtlarni va uning IX-XII asrlardagi madaniyatining yuksaklarga ko‘tarilganligini ko‘zda tutgan. Mazkur o‘lkalar qadimiy sivilizatsiya beshigidir[9].
“Tarix Sharqdan boshlanadi” deb tarixchilarning ta’kidla-shiga sabab shuki, shu yurtlarda miloddan avvalgi III ming yiliklarda ilk shaharlar, davlatlar, fan, madaniyat va jahon dinlari shakllangan. Elam, Shumer, Sakiston, Belujiston, Xarappa, Turon sivilizatsiyasi o‘choqlari bunyodga kelgan. Turon qadimgi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismidir.
Uyg‘onish davri – Renessans – Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (X-XII va XV asrlar), G‘arbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkur taraqqiyot davri hisoblanadi. “Renessans” atamasi dastlab Italiyadagi madaniy va ma’naviy yuksalish (XIV-XVI asrlar)ga nisbatan qo‘llanilgan. Uni o‘rta asrchilik turg‘unligidan yangi davrga o‘tish bosqichi, deb baholaganlar.
Madaniyat tarixida “Uyg‘onish” (Renessans) tushunchasi mavjud bo‘lib, uni ko‘proq o‘rta asr Yevropasiga nisbatan, asosan XIX asrdan ishlatib kelingan. U ijtimoiy – ma’naviy hayotning barcha jabhalaridagi jonlanishni, ko‘tarilishning bir paytda, bir-vara-kayiga to‘g‘ri kelishini ko‘zda tutadi. Masalan, Ispaniyada XIV-XVI asrlarda shunday bo‘lgan[10]
Renessans yangi shakldagi tamaddunning rivojlanishi va oyoqqa turishida muhim rol o‘ynaydi. “Uyg‘onish” istilohi XV-XVI asr-lar mobaynida Yevropaning barcha mamlakatlarini qamrab olgan muayyan madaniy-ma’rifiy harakatni ifodalash maqsadida qo‘llaniladi.
Qadriyatlar tizimida eng yuqori o‘ringa gumanizm (insoniy-lik) g‘oyalari chiqdi, bu davr arboblari gumanistlar deb ataldi, gumanizm (insoniylik) yirik g‘oyaviy harakat sifatida rivoj-landi.
Sobiq Sovet davrida tarix va o‘quv adabiyotlarida faqat G‘arb Uyg‘onish davri haqida gap borardi. Sharqdagi Uyg‘onish jarayoni haqida lom-lim deyilmacdi. Chunki tarix fanida yevropotsentrizm g‘oyasi hukmron, G‘arb ilg‘or, Sharq qoloq aqidasi ustuvor edi. Vaholanki, o‘sha davrda avstriyalik olim A.Mets, rus olimi N.I.Konradlar Sharq Renessansi haqida xolisona fikrlarini bildirishgandi. O‘zbek olimlaridan I.Mo‘minov, M.Xayrullayev, F.Sulaymonova, B.Qosimov, A.Saidov, A.Erkayev, T.Shirinovlar ham Sharq Uyg‘onish davri haqidagi teran fikrlarini salmoqli asarlarida bayon etishgan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 19 sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida tarixda birinchi marotaba: “Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining ko‘plab yorqin namoyandalarining islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan be-baho hissasini alohida qayd etmoqchiman”[11], deb ta’kidladi.
Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmiy ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib o‘tib, insonni ulug‘lash, uning iste’dodi, aqliy-fikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunon-rim) madaniyatiga qaytib, uni tiklash; boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va san’atda dunyoviy go‘zallik, hayot taronalarini qizg‘in kuylash, inson erki, hurfikrlilik uchun kurashish, buning natijasi o‘laroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulug‘vor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilm-fan rivojlantirildi[12]
Ammo Renessans, ya’ni Uyg‘onish faqat Yevropa hodisasi emas. Jahon madaniyatini yaxlit olib o‘rgangan olimlarning ishi shuni ko‘rsatadiki, Osiyo markazidagi Turkiston, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (IX-XII asrlar) ulkan madaniy ko‘tarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilg‘or insonparvarlik g‘oyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu dunyo ilmida “Musulmon Renessansi” yoki “Sharq Uyg‘onishi” nomi bilan atalib kelinmoqda[13]
Ma’lumki, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan Turon zamin azaldan yuksak sivilizatsiya o‘choqlaridan biri sanal-gan. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho me’moriy obidalar, nodir qo‘lyozmalar, turli osori atiqalar milliy davlatchilik tariximizning uch ming yillik teran ildizlaridan xabar beradi.
Antik davrda Renessans shakllangan Yunonistondagi ilmlar IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda ravnaq topgan. Bu davrda yurtimiz hududida birinchi Renessans shakllandi va u butun jahon tan oladigan mashhur allomalarni yetishtirib bergan. Sharq Uyg‘onish davrida ham buyuk allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlar yetishib chiqqan. Aniq fanlar sohasida Muhammad Xorazmiy, Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy, Umar Hayyom, falsafa sohasida Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Rushd, Muhammad G‘azzoliy, Aziziddin Nasafiy, tilshunoslikda Mahmud Zamaxshariy, she’riyatda Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiylar barakali ijod qilishgan.[14] Ularning jahonshumul ilmiy-ijodiy kashfiyotlari umumbashariyat taraqqiyoti rivojiga mislsiz hissa qo‘shdi.
Tarixiy manbalarda “islom madaniyatining oltin asri” deb e’tirof etiladigan bu davrda ona zaminimizdan yetishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abul Mu’in an-Nasafiy kabi ulug‘ mutafakkirlar butun musulmon olamiga dong taratgan edidar.
Haqiqatda o‘rta asrlarda Movarounnahrda dunyoviy va diniy ilmlarning olamshumul taraqqiyotiga, o‘rta asrlar Renessansiga asos solinishiga bu o‘lka aholisining katta qismi shaharlarda yashashi, shaharlarda insonlarning ilmiy, madaniy, ma’naviy hamda diniy faoliyatlari uchun yaratilgan muhit, Somoniylar va Qoraxoniylar sulolalari hukmronligi davrida bu ulkada bir necha yuz yil davom etgan tinchlik va asoyishtalik sabab bo‘lgan.
Turonzaminda Uyg‘onish davrining birinchi bosqichida – IX-XII asrlarda ham madaniyat yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilganini alo-hida ta’kidlash lozim. Olimlarning fikricha, “Musulmon Renes-sansi” Ma’mun akademiyasidan boshlanib, Mirzo Ulug‘bek akademiyasi bilan tugaydigan yetti asrlik davrni qamrab oladi. Tarix zarvaraqlariga nazar tashlasak, jamiyatning rivojiga, xalqlar taqdirida buyuk daholarning xizmatlari beqiyos o‘rinda turganligiga guvoh bo‘lamiz. Kishilik taraqqiyotini batamom yangi yo‘nalishga sola oladigan daholar insoniyat tarixida nihoyatda kam uchraydi, albatta.
Turonzaminning so‘nmas yulduzlaridan biri Amir Temur ana shunday buyuk daholardan hisoblanib, ul zot dunyoning uch qit’asi – Osiyo, Yevropa, Afrikada keng ko‘lamli siyosat yurgizgani, o‘z faoliyati bilan ko‘plab xalqlar, millatlarning dardiga darmon bo‘lgan osoyishtalik, ilmu ma’rifat, madaniyat, obodonchiliklar olib kirganligi bilan mo‘tabardir. Davr taqazosiga ko‘ra, buyuk zotning zimmasiga nihoyatda mas’uliyatli vazifalarni bajarish ham tushgan edi. Sohibqiron buni sharaf bilan uddasidan chiqib, mo‘g‘ul bosqinchilaridan asorat bo‘lib qolgan hududlar va xarobalar o‘rnida obod va qudratli buyuk davlat barpo etgan.
Hozirgi davrda jahonga “hali hanuz o‘z ta’sirini o‘tkazayotgan O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi asoschisi”, qolaversa tarixda ham o‘chmas iz qoldirgan buyuk davlat arbobi, muzaffar sarkarda, mohir diplomat, jonkuyar ilm-fan homiysi, buyuk bobokalonimiz Amir Temur asos solgan saltanat o‘ziga xos salmoqli o‘ringa egadir. “XV asr taqdirini belgilab bergan buyuk siymo” – Sohibqiron va uning vorislari Turkiston, Xuroson, Fors, Ozarbayjon va Arab dunyosida bir yarim asrga yaqin hukm surib, markazlashgan salohiyatli turkiy davlat tashkil etishgan edi.
“Turkistonning suyangan tog‘laridan biri” – Amir Temur asos solgan tamaddun XIV–XVI asrlar Turon tarixining “oltin davri” – Uyg‘onish davrining alohida bosqichi hozirda “Temuriy-lar Renessansi” nomi bilan jahonda e’tirof etildi va tarixga abadiy muhrlandi.[15]
Mashhur fransuz olimi Lyusyen Keren ta’kidlaganidek: “… yevropalik ijodkorlar Amir Temurni Sharq Renessansining bunyodkori sifatida qadrlaydilar”[16]
Amir Temur shaxsi bilan qancha g‘ururlansak, faxru iftixor etsak, shunga munosibdir. Binobarin, aynan buyuk Sohibqiron o‘z faoliyati bilan Turonda Uyg‘onish davrini boshlab bergan, bugungi saodatli kunlarimizning tamal toshini qo‘ygan.[17]
XIV–XVI asrlarda esa Uyg‘onish – Renessans davrining ik-kinchi bosqichi so‘zsiz Amir Temur faoliyati bilan uzviy bog‘-liqdir. Buning boisi shuki, Sohibqiron davrida Uyg‘onish jarayonining yuz berishiga asosiy omil bu davrda insonning har tomonlama rivojlanishiga va har bir kishiga o‘z qobiliyatini to‘la namoyon qilishga qulay shart-sharoitlar yaratilgan edi.
Amir Temur bobokalonimiz mana shu Turonda tug‘ilgani, mana shu yurtda yashab, uni yovdan ozod qilgani, buyuk davlat barpo etgani bilan barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz. Bu ulug‘ zotni esa bizga Ollohning o‘zi millatimizga karam sifatida inoyat etgan. Sohibqiron bizga qoldirgan qadriyatdar – barcha avlodlarimizga xizmat qiladigan abadiy noyob meros hisoblanadi.
Sohibqiron Amir Temur bobokalonimiz asos solgan va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtasham saltanat, yurtimizda ikkinchi Uyg‘onish, ya’ni ikkinchi Renessans davrini boshlab berdi. Bu davrda Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi singari benazir olimlar, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi mumtoz shoir va mutafakkirlar maydonga chiqdi. Sharafuddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilar, Mahmud Muzah-hib, Kamoliddin Behzod singari musavvirlar, ko‘plab xattot va sozandalar, musiqashunos va me’morlarning shuhrati dunyoga yoyildi.
Donishmand xalqimiz har ikki Renessans davrida jahonning eng ilg‘or, taraqqiy etgan xalqlari qatorida bo‘lgani barchamizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.
Allomalarimizning bunday yuksak cho‘qqilarga erishganlariga sabab shuki, eng avvalo, jaholatga qarshi ma’rifat bayrog‘ini baland ko‘tarib, o‘z aql-zakovati va butun salohiyatini bashariyat yaratgan ilm-fan yutuqlarini chuqur o‘rganish va boyitishga bag‘ishlaganlar hamda o‘zlaridan boy meros koldirganlar.
Taniqli amerikalik olim F.Starr yozadiki: “XIV asrda G‘arbda Temurlang (Tamerlan) nomi bilan tanilgan Amir Temur Dehlidan O‘rta Yer dengizining sharqiy sohillarigacha bo‘lgan dunyoni bosib olib, o‘zining qayta tiklangan poytaxti Samar-qandda olim va ijodkorlarni to‘pladi. Bir asrdan so‘ng Bobur Mirzo Farg‘ona vodiysidan chiqib, Hindistonda mo‘g‘ullar sulola-siga asos soldi. Iqtidorli yozuvchi bo‘lgan Bobur va uning avlodlari Markaziy Osiyoning qadimgi an’anasini tark etmagan holda o‘z saroyiga keluvchi ijodkorlarni jam etdi”[18]
Samarqandda shakllangan “Temuriylar Renessansi” quyosh kabi porlab Sharqu G‘arb mamlakatlariga taraldi. Temuriylar Renessansi musulmon tamadduni tojidagi ajoyib javohirlardan biri bo‘lib qoldi, degan edi Jan Pol Ru.
XIV-XV asrlarda ro‘y bergan ikkinchi Sharq Renessansi natijasida dunyo ahamiyatiga molik ko‘plab olimlar, fozilu fuzalolar yetishib, chiqqan. Shu sababdan ham tarixchilar Turon-ning ikkinchi Uyg‘onish davrini haqli ravishda “Temuriylar Renessansi” deb atashmoqda. Bu g‘oya 2014 yil 14-15 mayda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy anjumanda ham yakdillik bilan qo‘llab quvvatlandi. Temuriylar davri haqiqatan ham ilm-fan, madaniyat va ma’rifatning behad ravnaq topishini ta’minlagan Sharq Uyg‘onish davri edi.
Sohibqiron nafaqat barhayot insonlarga, balki o‘tmishda yashab o‘tgan allomalar va aziz-avliyolar xotiralarini abadiylashti-rishga g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan, bu hol fuqarolar ongida hamisha ezgu xizmat qilganlar hech qachon unutilmaydi, degan ezgu tushunchani shakllantirgan.
Bu davrda shaharsozlik, me’morlik, tasviriy va amaliy san’at, naqqoshlik, zardo‘zlik, metallga badiiy ishlov berish, xattotlik, ilm-fan va ta’lim-tarbiya, badiiy ijodiyot, kitobat san’ati va kutubxonachilik, musiqashunoslik kabi sohalar nihoyatda rivojlangan. Turonzamin Renessansi ta’siri Xuroson va Hindiston, hattoki, Yevropa mamlakatlariga ham o‘z ta’sirini ko‘r-satgan. Yevropa xalqlari temuriylar Renessansini teran tahlil qilishgan.
Amir Temur ilm-fan va madaniyat ravnaqiga keng imkoniyatlar yaratgan, din peshvolari, olimlar, san’atshunoslar, yozuvchilar, shoirlarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatib turgan. Bu siyosat nati-jasida Sharq Uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichiga asos solgan.[19]
XIV asrdagi ulkan va yorqin siymo – Amir Temur jahon tari-xida qudratli va gullab-yashnagan davlat barpo etib, o‘rta asr dunyosining asl madaniy va ma’naviy markazlaridan biriga aylangan, inson aqli va iste’dodini noyob ijodi bo‘lib, bugungi kunda ham saqlanib qolgan mislsiz me’moriy obidalari bilan yer yuzining sayqali bo‘lgan Samarqand shahrini uning poytaxtiga aylantirgan atoqli sarkarda va davlat arbobi sifatida kirgan.
Sohibqiron olimlar, faylasuflar, me’morlar, shoirlar, hofizu mashshoqlarga g‘amxo‘rlik qilishda ham nom qozongan. Temuriylar davri haqiqatan ham ilm-fan, madaniyat va ta’limning behad ravnaq topganligini ta’minlagan Sharq Uyg‘onish davri edi. Shuningdek, muarrixlar bu davrni “Movarounnahr (Turon) tarixining oltin davri” deb ham baholashmoqda.
Ko‘plab tarixchi olimlarning fikricha, Sharq, xususan Marka-ziy Osiyo mintaqasi IX-XII va XIV-XV asrlarda bamisoli po‘rtanadek otilib chiqqan ikki qudratli ilmiy-madaniy yuksalishning manbai hisoblanib, jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Sharq Uyg‘onish davri – Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan.
Mashhur fransuz temurshunosi L.Keren ta’kidlaganidek: “Temur insoniyat rivojiga ajoyib miniatyuralar, tengi yo‘q sirlangan sopol idishlar, she’riyat va ilhomga to‘la falsafiy asarlar yaratilishiga imkon yaratgan va katta hissa qo‘shgan. “Temuriylar uyg‘onish davri” deb atalmish sermahsul madaniy merosga asos solgan”[20]
Xullas, “Temuriylar Renessansi, Ikkinchi Uyg‘onish davri g‘oyalari va xalqimizning bunyodkorlik faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Markazlashgan qudratli davlat va qonun ustuvor bo‘lgan adolatli jamiyat g‘oyasida mujassam bo‘ldi.
Aynan xalq armonini ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan intilish Amir Temur ibn Tarag‘ay Bahodir davrida nafaqat mamlakat mustaqil-ligini ta’minlash, balki qudratli davlat barpo etish, iqtisodiyot, madaniyat, san’at va ilm-fan sohalarini rivojlantirishga xizmat qildi.”[21]
XVIII asrlargacha yevropaliklar Amir Temur yaratgan Renes-sansdan to‘la xabardor emas edi. XVIII – XX asrlarda jahonning ko‘pgina davlatlari bu davr yutuqlaridan bahra ola boshladi. Shu sababli yevropalik ijodkorlar uni Sharq Renessansi bunyodkori sifatida qadrlaydilar. Shu bilan birga ko‘plab tadqiqotchilar qayd etganidek, agar Yevropa Uyg‘onish davrining natijalari sifatida adabiyot va san’at asarlari, me’morlik durdonalari, tibbiyot va insonni anglash borasida yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan bo‘lsa, Sharq Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati, avvalo, matematika, astronomiya, fizika, ximiya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy fanlarning, shuningdek, tarix, falsafa va adabiyotning rivojlanishida namoyon bo‘ldi.
Bu esa Yevropa dunyosida Uyg‘onish davrini boshlab berganligini va buning orqasidan bir qadar amaliy natijalarga erishganligini bugun ularning o‘zlari ham tan olishgan. Chunki qadimda yangragan “Nur, ziyo Sharqdan taraladi”, “Tarix Sharqdan boshlanadi” degan e’tiroflar bejiz emasligini bugun jahon jamoatchiligi his etib turibdi. Demakki, bashariyat tarixining buyuk siymosi Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida Turonzamin Renessansi – Uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichiga tamal toshi qo‘yilib, boy madaniy meros yaratilgan edi.
XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab Markaziy Osiyo zaminida ichki urush va nizolar, hokimiyat uchun kurash avj oldi. Ayirmachilik va mahalliychilik kuchaydi, ma’rifat o‘rniga jaho-lat ildiz otdi. Natijada bir paytlar gullab-yashnagan o‘lkamizda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy inqiroz yuzaga kelib, ilm-fan va tafakkur mash’ali so‘na boshladi. Yurtimizning XIX asr ikkinchi yarmida qaramlikka tushib qolishida ayni shunday salbiy holatlar asosiy sabab bo‘lgani tarix sahifalaridan ma’lum.
Mamlakatimizda Uchinchi Renessansni XX asrda ma’rifat-parvar jadidlar amalga oshirishlari mumkin edi. Nega deganda, bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun umrlarini milliy uyg‘onish g‘oyasiga bag‘ishlab, o‘lkani jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni g‘aflat botqog‘idan qutqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdilar. Shu yo‘lda ular o‘zlarining aziz jonlarini ham qurbon qildilar va ular “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas” degan hadisi sharifni hayotiy e’tiqod deb bildilar. Milliy istiqlol, taraqqiyot va farovon-likka, avvalo, ma’rifat orqali, dunyoviy va diniy bilim, zamo-naviy ilm-hunarlarni chuqur egallash orqali erishish mumkin, deb hisobladilar.
Bu davrda Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munav-varqori Abdurashidxonov, Ubaydulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat, Ibrat domla, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Ashurali Zohiriy, Hoji Muin va boshqa yana yuzlab ulug‘ insonlar milliy uyg‘onish va millatparvarlik harakatining oldingi saflarida turdi-lar. Ular yangi usul maktablari bilan bir qatorda, odamlar-ning dunyoqarashi va turmush tarzini o‘zgartirishga qara-tilgan gazeta-jurnallar, nashriyot va kutubxonalar, teatrlar tashkil etdilar.
Jadidlarimiz o‘z oldiga qo‘ygan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga mavjud vaziyat, ijtimoiy tuzum yo‘l bergandi. Ular o‘sha davrning turli kimsalarining tuhmat-malomatlariga duchor bo‘ldilar. Dastlab Rossiya hukumati, keyinchalik sho‘rolar ularni ayovsiz quvg‘in va qatag‘on qilib, milliy uyg‘onish va taraqqiyot harakati Vatanimiz uchun yorqin xotira sifatida qoldi.
Yurtimiz ozodligi va xalqimiz baxt-saodati yo‘lida jonini fido qilgan jadidlarning ilmiy-ma’rifiy, adabiy-badiiy merosi hozirgi davrda ham katta ahamiyatga ega.
XX asr 90-yillari boshlarida O‘zbekiston milliy mustaqil-likka erishgach, Renessansning uchinchi yangi bosqichi uchun qulay sharoit vujudga keldi. 2014 yil 14-15 mayda Samarqand shahri-dagi xalqaro ilmiy anjumanda yurtimiz uchinchi Uyg‘onish davri bo‘sag‘asida turganligini alohida ta’kidlangan edi. Qariyb 30 yil davomida asrlarga tatigulik qisqa davrda beqiyos va keng qamrovli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda._
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 31 avgustda O‘zbekiston Republikasi Mustaqilligining yigirma to‘q-qiz yilligiga bag‘ishlangan tantalali marosimda ta’kidladiki: “Bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida so‘z ketganda “Yangi O‘zbekiston” iborasi tilga olinmoqda. Bu keyingi yillarda taraq-qiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning e’tirofidir. Xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo‘ladi”.[22]
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, biz bebaho merosimizga ko‘pin-cha faqat tarixiy yodgorlikka qaraganday munosabatda bo‘lib kel-moqdamiz. Bunday tengsiz boylikni amaliy hayotimizga tatbiq etishda beparvolik va e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ymoqdamiz. Vaholanki, bunday noyob meros jahondagi sanoqli xalqlarga nasib etgan. Masalan, birgina O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanayotgan 100 mingdan ortiq nodir qo‘lyozmalarga jahon ahli havas qiladi. Allomalarimizning noyob ilmiy-ma’naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu o‘lmas meros hamisha barchamizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlaydi, albatta.
Demakki, Muhtaram Prezidentimiz mustaqillik bayramining 29 yilligi tantanasida, O‘qituvchi va murabbiylar bayrami tabrigida, O‘zbekiston yoshlarining birnchi forumida, Oliy Majlisga Murojaatnomasida, Xavfsizlik kengashining kengay-tirilgan yig‘ilishida va boshqa nufuzli anjumanlarda Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessansning ilmiy-nazariy va metodo-logik asoslarini ko‘rsatdi. O‘zbekistondagi yangi Uchinchi Renes-sansning mazmun-mohiyati, tarixiy ildizlari, uning mustahkam poydevorini yaratish sohasidagi eng dolzarb vazifalarga to‘xtaldi va o‘zining teran amaliy tavsiyalarini berdi.
Zero, Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “Biz Uchinchi Renes-sans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo‘yib, uni milliy g‘oya darajasiga ko‘tarmoqdamiz”.[23]
Hozirgi paytda buyuk ajdodlarimizning bebaho merosiga tayanib, yangi Renessans poydevorini yaratish uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud, deyishga to‘la asoslar mavjud. Hamma gap ana shu bor imkoniyatlardan samarali foydalana olishimizga bog‘liq.
Yurtboshimizning O‘zbekistondagi Uchinchi Renessans g‘oyasi bo‘yicha matbuot va OAV larda munozaralar qizg‘in boshlanib ket-di. Chunki mazkur g‘oya nihoyatda keng qamrovli bo‘lib, ijtimoiy fanlar vakillari o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirish-lari va ilmiy konsepsiyalarini yaratishlari lozim. Birinchi va Ikkinchi Renessans kabi Uchinchi Renessans ham uzoq etadigan jarayondir._
Uchinchi Renessans poydevorini yaratish jarayoni besh-o‘n yil davom etmay, ancha katta va mashaqqatli davrni talab qiladi. Buning uchun, eng avvalo minglab iste’dodli kadrlar, iqtidorli zamonaviy yoshlar, fidoyi insonlar nihoyatda zarur.
Prezidentimiz rahnamoligida ulug‘ niyatlar bilan poydevori qo‘yilayotgan yangi Uyg‘onish davri yurtimizda sahifalarga boy tarix yaratilmoqdaki, Bu kelgusida avlodlarga munosib meros qoldirishga xizmat qilishi shak-shubhasizdir.
“Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans sari” da’vatkor g‘oyasi hayotimizga tobora chuqur kirib bormoqda. Biz ayni shu asosda xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni ta’minlash, innovatsion taraqqiyot borasida muhim qadamlarni qo‘ymoqda.
Xullas, ayni vaqtda Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans-ning mazmun-mohiyatini va tarixiy ildizlari bo‘yicha teran ilmiy-tadqiqot izlanishlari hamda uni keng ommaga yetkazish uchun qamrovdor targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Dunyoga buxoriylar, beru-niylar, termiziylar, moturidiylar, xorazmiylardek buyuk alloma va aziz-avliyolarni bergan jonajon Vatanimiz yoshlari ulug‘ aj-dodlariga munosib bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishimiz zarur”[24].
Nazorat topshiriqlari:
1. Kursning predmeti, maqsad va vazifalari haqida gapirib bering.
2. O‘rta Osiyodan yetishib chiqqan qomusiy allomalarning hayoti va ilmiy faoliyatini o‘rganish masalalarini tahlil qiling.
3. Sharqda Renessansning bosqichlarini sharhlang?
4. O‘rti Osiyo zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalarning tabiiy va ijtimoiy fanlarga qo‘shgan hissasi va ularning jahon ilmidagi o‘rnini ta’riflang.
5. “O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti” iborasini sharhlab bering.
[1] Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2021. – Б. 288.
[2] Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Б.44.
[3] Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 9-жилд. – Т.: ЎзМЭ ДИН, 2005. – Б.56.
[4] Сулаймонова Ф. Шарқ ва Ғарб. – Т.: “Ўзбекистон”, 1997. – Б.399.
[5] Мавлонов Ў. Марказий Осиёнинг қадимги йўллари. – Т.: “Академия”, 2008. – Б.3.
[6] Хайруллаев М. Ўрта Осиёдаги Уйғониш даври маданияти. – Т.: “Фан”, 1994. – Б.10.
[7] Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 7-жилд. – Т.: ЎзМЭ ДИН, 2004. – Б.305.
[8] Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Олам ва одам, дин ва илм. – T.: “Hilol – Nashr”, 2019. – Б.269 – 270.
[9] Ширинов Т. Тарихимиз этюдлари. – Т.: “Шарқ”, 2011. – Б.203.
[10] Қосимов Б. Уйғонган миллат маърифати. – Т.: “Маънавият”, 2011. – Б.141.
[11] Мирзиёев Ш.М. Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баҳодир. 2-ж. – Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2018. – Б.253.
[12] Исмоилов И., Шаропов А. Тарих атамалари луғати. – Т.: “Akademnashr”, 2013. – Б.10.
[13] Мец А. Мусульманской Ренессанс. – М., 1966; Конрад Н.И. Запад и Восток. – М., 1972.
[14] Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 9-жилд. – Т.: ЎзМЭ ДИН, 2005. – Б.57 .
[15] Ширинов Т. Тарихимиз этюдлари. – Б.252 – 254.
[16] Ртвеладзе Э.В., Саидов А.Х. Амир Темур в зеркале мировой науки. – Т., 1999. – Б.20.
[17] Амир Темур Ғарб адиблари нигоҳида. – Т.: “Dаvr press”, 2016. – Б.196.
[18] Фредерик Старр. Марказий Осиёнинг янгитдан кашф этилиши. – “Жаҳон адабиёти”, 2014 йил 6-сон. – Б.57 – 58.
[19] Саидов А.Х. Амир Темур ва Султон Мирҳайдар ота. – Қарши, “Насаф”, 2016. – Б.52.
[20] Эркаев А. Тарих сабоқлари ва Учинчи Ренессанс зарурияти. – “Халқ сўзи”, 2021 йил 6 январь.
[21] Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Б.17.
[22] “Халқ сўзи”, 2020 йил 1 октябрь.
[23] Саидов А. Учинчи Ренессанс ва маънавий-маърифий уйғониш. – “Янги Ўзбекистон”, 2021 йил 26 январь.
[24] Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Т.: “Ўзбекистон”, 2021. – Б.289.
- ↑ Ngene, Geoffrey M.; Lee Kim, Yea; Wang, Jinghua (2019-09). „Who poisons the pool? Time-varying asymmetric and nonlinear causal inference between low-risk and high-risk bonds markets“. Economic Modelling. 81-jild. 136–147-bet. doi:10.1016/j.econmod.2018.12.017. ISSN 0264-9993.
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|date=
(yordam)