Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Asadbek Bekmirzayev1/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Guli Asalxo'jaeva
Tavalludi 24-may 1971-yil
Qirg'iziston Respublikasi, Jalolobod
Kasbi san'atkor, qo'shiqchi
Turmush oʻrtogʻi Ravshan Xo'jayev
Bolalari Jahongir Xo'jayev, Muhammad Jvohir Xo'jayev

Guli Asalxoʻjayeva(1979-yil 24-may, Jalolobod, Qirgʻiziston) – qo'shiqchi[1].

Guli Asalxoʻjaeva 1971-yil 24-may kuni Qirg'iziston Respublikasining Jalolobod shahrida tavallud topgan. Sanʼatkorlar oilasida tugʻilgan otasi, akalari va opalari ham san’atkor, qoʻshiqchi va sozanda boʻlgan. Xonanda 3-4 yoshidayoq bogʻchada har-xil bayramlarda qoʻshiqlar aytib tarbiyachilar va bolalarni lol qoldirgan. Sanʼatga bolaligidan boshlab qiziqishi uygʻongan, maktab paytlaridayoq sanʼat boʻyicha turli koʻrik tanlovlarda gʻolib boʻlib kelgan turli faxriy yorliqlar bilan maktabni tugatgan. Qoʻshiq aytishga chanqoq Guli maktabni tamomlagandan soʻng O'zbekiston Davlat Sanʼat institutiga oʻqishga qabul qilingan, u yerni tamomlaganidan soʻng katta sanat va shou-biznesga qaadam qoygan. Turmush oʻrtogʻi Ravshan Xo'jayev ham sanʼatkor boʻlganligii uchun sanʼatini toʻgʻri tushunib unga yordam bergan. Guli Asalxoʻjayevaning ikki nafar oʻgʻli ham sanat sohasida faoliyat olib boradilar, ular Jahongir Xo'jayev, Muhammad Javohir Xoʻjayev Asal Xoʻjayevaning oʻgʻillari hisoblanadilar. Ijoddan charchamas xonanda xozirgi kungacha 6 ta albomini oʻz muhlislariga taqdim etgan. Guli Asalxoʻjayevani mashhur qilgan qoʻshiq „Ketma“ deb nomlangan. Guli Asalxoʻjayeva birinchi albomini „Goʻzalman“ deb nomlagan. „Goʻzalman“ albomi Xitoyning Urumchi shahrida ikki tilda uygʻur va oʻzbek tillarida ham internet tarmoqlaridan joy olgan, soʻngra keyingi „Alamo“, „Niyat“, „Bolajon“, „Adras“ va 2011-yilda yangi „Sevsang sevaman“ kabi albomlarini yaratgan[2].

  • „Bormayman“
  • „Bolaginam bolasi“
  • „Atirgulim“
  • „Kelinlar“
  • „Duv-Duv“
  • „Aldading“
  • „Ayol“
  • „Kelma“
  • „Toy bolam“
  • „Gulixonman“
  • „Dam-Dam“
  • „Goʻzalman“
  • „Alamo“
  • „Niyat“
  • „Bolajon“
  • „Adras“
  • „Sevsang sevaman“
  1. „Guli Aslxo'jayeva bilan suhbat“. ok.ru. ok.ru. Qaraldi: 21-iyul 2024-yil.
  2. „Guli Asalxo'jayeva“. muz.uz. muz.uz. Qaraldi: 21-iyul 2024-yil.