Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Amanbayeva/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Daniel O‘Hare, ko‘pincha Danny O‘Hare[1], (1942-yilda tug‘ilgan) - irlandiyalik akademik va sobiq universitet rahbari, 1989-yil sentabr oyida Irlandiyada tashkil etilgan ikkita yangi universitetdan biri bo‘lgan Dublin City universitetining asoschisi va birinchi prezidenti sifatida tanilgan[2].U, shuningdek, davlat boshqaruvida keng ko‘lamli lavozimlarda ishlagan va Qirollik Irlandiya akademiyasining Fanlar bo‘limiga saylangan a’zosi[3]. Dundalkdan[1] kelib chiqqan[1] bu olim ilg‘or spektroskopiyaga ixtisoslashgan kimyogar.

Ilk hayot yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘Hare County Louthda tug‘ilgan bo‘lib, Dundalkda voyaga yetgan. U shu shahardagi mahalliy Xristian Birodarlar maktabida[4] 1960-yilga qadar tahsil olgan[5].

Akademik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘Hare Galway universitetini (hozirda NUI Galway) tamomlagan[1].U bu yerda avval kimyo bo‘yicha bakalavr, so‘ngra organik kimyo bo‘yicha magistr darajasini olgan[1].U 1964-yildan 1965-yilgacha Galway universitetida yordamchi lavozimida ishlagan[1].Keyinchalik u Shotlandiyadagi Sent-Endryus universitetida gaz-fazali ultrabinafsha spektroskopiyasi bo'yicha doktorlik dissertatsiyasi yoqlay boshlagan va 1968-yilda malakaga ega bo‘lgan[1][5]. O‘Hare Southampton universitetiga ko‘chib o‘tishdan oldin Michigan universitetida bir yil davomida tadqiqotchi sifatida dotsentlik qildi[5].

RTC Letterkenny, RTC Waterford

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘Hare 1974-yilga qadar Waterford, hozirda Waterford Texnologiya Instituti mintaqaviy texnik kollejining ikkinchi rahbari bo‘lishigacha, 1971-1974-yillarda Mahalliy Letterkenny texnika universiteti, hozirda Letterkenny Texnologiya Instituti mintaqaviy texnik kollejining birinchi direktori lavozimida ishlagan[5].

NIHE Dublin va DCU prezidenti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘Hare 1977-yilda Dublindagi bo‘lajak Milliy Oliy ta’lim instituti direktori lavozimini egallagan va shahar markazidagi ofisda ishlashni boshlagan[2]. Shu bilan birga, yangi muassasa uchun rejalar tuzilgan va kampus qurilishi ustida ish olib borilgan.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Past Presidents of DCU“. Dublin City University (2013-yil 3-may). Qaraldi: 2018-yil 14-avgust.
  2. 2,0 2,1 Byrne (compiler), Anne. „Factfile: Dublin City University“. The Irish Times Trust (2002-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 14-avgust.
  3. „RIA - Members - Daniel O'Hare“. The Royal Irish Academy (2015-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 14-avgust.
  4. „Medical Council (of Ireland) - Members - Daniel O'Hare“. The Medical Council (of Ireland). Qaraldi: 2018-yil 14-avgust.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 Mercator. People in business - NIHE conscious of the need to fit into the community. The Irish Times Trust (1986-yil 7-aprel), s. 14.