Fototelegraf apparati
Fototelegraf apparati, faksimil apparat — yassi originallar (bosma yoki qoʻlyozma matnlar, rasmlar, fotosurat va boshqalar)ning qoʻzgʻalmas tasvirlarini elektr aloqa simlari orqali uzatuvchi yoki qabul qiluvchi apparat. Elektromexanik usulda ishlaydigan birinchi Fototelegraf apparatini 1855-yilda italyan fizigi J. Kazelli kurgan. Zamonaviy Fototelegraf apparati yorugʻlikoptik va elektron qurilmalar, fotoelektrik oʻzgartirgichlar, modulyashorlar, detektorlar va boshqalardan iborat. Fototelegraf apparati uzatuvchi, qabul qiluvchi va qabul qiluvchiuzatuvchi xillarga boʻlinadi.
Uzatuvchi Fototelegraf apparati (yoki qabul qiluvchi uzatuvchi Fototelegraf apparatining uzatkichi) obyekt tasvirini videosignalga aylantiruvchi tahlil (analiz) tizimidan va videosignalni aloqa kanali boʻyicha uzatish uchun qulay shaklga oʻzgartiruvchi elektron uzel (modulyator)dan iborat. Tahlil tizimi: yorugʻlikoptik kurilma (obyekt sirtida nuqtanuqga yorugʻlik dogʻi hosil qiladigan yorugʻlik dastasi vujudga keltiradi), yoyuvchi qurilma (yorugʻlik dastasini navbatmanavbat barcha elementar maydonchalarga yoʻnaltiradi, natijada obyekt sirtidan yorugʻlik oqimi qaytadi), fotoelektr hosil qilgich (qaytgan yorugʻlik oqimini videosignalga aylantiradi)dan iborat. Videosignalni oʻzgartiruvchi uzelda tebranish modulyatsiyasi vujudga keladi.
Qabul qiluvchi Fototelegraf apparati (yoki qabul qiluvchiuzatuvchi Fototelegraf apparatining qabul qilgichi) qabul qilinadigan modulyatsiyalangan tebranishlarni demodulyatsiya qilish uchun moʻljallangan videosignal ajratuvchi elektron uzeldan hamda yoyuvchi va yozib oluvchi qurilmalardan tuzilgan sintezlovchi tizimdan iborat. Qabul qilingan videosignal fotoqogʻoz, fotoplyonka, ferromagnit materiallar va boshqalarga yozib olinadi. Aloqa liniyasi boʻyicha kelayotgan tok kuchining kattaligiga qarab, lampa fotoqogʻoz yoki fotoplyonkani turlicha yoritadi. Tasvirlarni, maye,: maxsus (elektrokimyoviy, termokimyoviy, elektrostatik va boshqalar) yoki oddiy qogʻozga yozib olishning boshqa usullari ham bor.
Qabul qilu vchi uzatuvchi Fototelegraf apparatining yoyuvchi qurilmalari koʻpincha bir-biriga oʻxshash boʻladi; tuzilishi jihatdan ular mexanik va elektron turlarga boʻlinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |