Kontent qismiga oʻtish

Fotomateriallar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fotomateriallar — fotografiya va kinematografiyami fotografik tasvir hosil qilish uchun qoʻllanadigan yorugʻlik sezgir materiallar, ularga kimyoviy ishlov beradigan reaktivlar va yordamchi vositalar. Fotomateriallar yoruglik sezgir komponentining kimyoviy tarkibiga qarab, kumushli va kumushsiz xillarga boʻlinadi. Kumushsiz F.ning yorugʻlik sezgirligi past boʻlib, faqat pozitivlar olishda qoʻllanadi. Fotomateriallar fotoplastinkalar (asosi shisha plastina), fotoplyonkalar (asosi selluloid), kinoplyonkalar va fotoqogʻozlar (asosi yarim yaltiroq qogʻoz)ga boʻlinadi.

Sanoatda umumiy maqsadlar uchun "izoorto", "izoxrom" va "pankxrom" fotoplastinkalar, yorugʻlik sezgirligi 32, 65, 130 va 250 birlikka teng boʻlgan fotoplyonkalar, oʻta yuqori yorugʻlik sezgir kinoplyonkalar, fotoqogʻozlar (6x9 dan 50x60 sm formatda) ishlab chiqariladi.

Yorugʻlik sezgirligi 32 boʻlgan fotoplyonka tabiiy yorugʻlikda surat olishga moʻljallangan. Sezgirligi 250 boʻlgan fotoplyonkalar qorongʻi joylarda surat olishda ishlatiladi. Maxsus F. ikki guruhga boʻlinadi: diapozitiv (plastinka, plyonka) — uning yordamida toʻgʻridantoʻgʻri kattalashtiruvchi apparatlar orqali suratlar koʻrsatilaveradi; reproduksion F. — kumush bromid fotoplastinka, fotoplyonka va boshqa Ular klishe va boshqa vositasida rasmlardan nusxa koʻchirishda qoʻllanadi. Yordamchi vositalarga yoruglik sezgir F. solib yoki oʻrab qoʻyiladigan yorugʻlik va namlikdan himoyalaydigan maxsus qogʻozlar, yelimlar, pozitivlarni atmosfera taʼsiridan saqlaydigan loklar kiradi. Keng tarqalgan yorugʻlik sezgir qatlamlar — disperslangan AgHal mikrokristall quruq jelatinli qatlamlar (Hal=Cl, Br, Cl=Br, Cl=j, Cl+Br+j, Br+j). Bunday qatlamlar 1870-yillarning oʻrtalaridan koʻplab ishlab chiqarila boshlangan.

Keyingi vaqtlarda AgHal — yorugʻlik sezgir qatlamlar rentgen nurlari va elektronlar oqimi tasvirini olishda qoʻllanila boshlandi (qarang Rentgenogramma).

AgHal asosida yoruglik sezgir materiallar tayyorlashning 3 bosqichi bor: 1) emultsiyalash va birinchi (fizik) yetiltirish. Bu bosqichda emulsiya, yaʼni AgHal mikrokristallarning kattiq fazasi hosil boʻladi va usadi. AgNO, bilan eritmadagi tarkibida jelatina boʻlgan galogenidlar orasida boʻladigan reaksiya natijasida AgHal hosil boʻladi; 2) ikkinchi (kimyoviy) yetiltirish. Bu bosqichda emultsiya maʼlum vaqt yuqori trada tutib turiladi; 3) emulsiyani quyishga tayyorlash. Bu bosqichda yoruglik sezgir qatlamga kerakli fizikkimyoviy xususiyatlar beriladi. Buning uchun emulsiyaga boʻyovchi — sensibshshzatorlar (yorugʻ sezgir qatlamning sezgirligini oshiradi), stabilizator (yorugʻlik sezgirlikni saqlaydi), oshlovchilar (katlamning mexanik mustahkamligini va jelatinaning traga chidamliligini oshiradi), plastifikatorlar (qatlam moʻrtligini pasaytiradi), xoʻllovchilar (yorugʻlik sezgir qatlam bir tekis boʻlishini taʼminlaydi) qoʻshiladi; 4) quyish [emulsiya yupqa (5—10 mkm) kdlib asosga beriladi]. Tayyor material quritiladi, keyin zarur bichimlarda kesiladi.

F. sifatida kumushsiz yorugʻlik sezgir katlam (polimer plyonka, shishasimon modda va boshqalar)lar keng qoʻllanadi.