Kontent qismiga oʻtish

Fotoionlanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fotoionlanish, fotoionizatsiya — atom yoki molekulashtg bir yoki bir necha foton bilan oʻzaro taʼsiri natijasida ionlanishi. Agar atom (molekula) uygʻonmagan boʻlsa, bir foton taʼsirida ionlanish yuz berishi uchun ionlashtirayotgan fotonning energiyasi hv (v — nurlanish chastotasi) ionlanish energiyasi IV dan kichik boʻlmasligi kerak. Hamma suyuqlik va gazlarning atomlari hamda molekulalari uchun W shundayki, hv>W shart faqat ultrabinafsha nurlar va yana ham qisqa toʻlqin uzunlikka ega boʻlgan nurlar uchun oʻrinli. Biroq fonon pogʻonaviy ionlanish hisobiga hv<W boʻlganda (mas, jadalligi katta boʻlgan koʻrinma yorugʻlik bilan nurlantirilganda) ham kuzatilishi mumkin. Fotoionlanish ehtimolligi hv~W holda eng katta boʻladi. hv— W ayirma (W) ga nisbatan kichik boʻlsa, fotoionlanish vaqtida foton yutiladi. hv— W ayirma fotoionlanish mahsulotlari (xususan, erkin elektronlar) ning kinetik energiyasiga aylanadi. Katta energiyali foton (rentgen nuri fotonlari, ukvant)lar fotoionlanish aktida oʻz energiyalarining bir qisminigina sarflaydi; bunda ularning chastotasi oʻzgaradi. Bunday fotonlar modda orqali oʻtishida koʻp sonli fotoionlanish aktlari sodir qiladi. Fotoionlanish, mas, atmosfera yuqori qatlamlarining ionlanish jarayenida muhim rol oʻynaydi.