Fotoelement
Fotoelektr effekti yoki fotoeffekt yorugʻlik yoki boshqa elektromagnit nurlanishning modda bilan oʻzaro taʼsiri hodisasi boʻlib, bunda foton energiyasi moddaning elektronlariga oʻtkaziladi.
Fotoeffekt bir necha xil boʻladi. Amaliyotda tashqi fotoeffekt muhim hisoblanadi.
Tashqi fotoeffekt bu yorugʻlik yoki biron bir nurlanish taʼsirida moddadan elektronlarning uchib ,ajralib chiqishi.
Tashqi fotoeffekt hodisasi amaliyotda keng qoʻllanadi. Misol tariqasida fotoelementni olish mumkin.
Fotoelement— oʻziga tushayotgan yorugʻlikni yutib, elektr toki (fototok) yoki foto elektr yurituvchi kuch hosil qiluvchi elektr asbob. Ishi fotoelektron emissiya yoki tashqi fotoeffekt hodisasiga asoslangan. Fotoelektron emissiya asosida ishlaydigan fotoelement vakuum hosil qilingan yoki gaz toʻldirilgan shisha, yoxud kvars kolba ichiga joylangan 2 elektrod — fotokatod va anodli elektrovakuum asbobdan iborat. Fotokatodga tushadigan yorugʻlik oqimi uning sirtida fotoelektron emissiya hosil qiladi; fotoelement zanjiri tutashtirilganda unda yorugʻlik oqimiga monand fototok oqimi vujudga keladi. Gaz toʻldirilgan fotoelementda gazning ionlanishi va nomustaqil kuchli razryad hosil boʻlishi natijasida fototok kuchayadi. Ichki fotoeffekt asosida ishlaydigan fotoelement gomogen elektronkovak oʻtishli (r—poʻtishli), yarimoʻtkazgich, geterooʻtishli yoki metallyarimoʻtkazgich kontaktli yarimoʻtkazgich asbobdan iborat. Bunday F.da optik nurlar yutilib, zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi zoʻrayadi va elektr yurituvchi kuch hosil boʻladi.
Fotoelementlar, odatda, nurlanish yoki yorugʻlik qabul qilgichlari vazifasini oʻtaydi. Yarimoʻtkazgichli fotoelementlardan quyosh batareyalari, fotoelektr generatorlarida quyosh energiyasini toʻgʻridantoʻgʻri elektr energiyasiga aylantirishda foydalaniladi. Fotoelement avtomatika, telemexanika, fotometriya, oʻlchash texnikasi, metrologiya, kosmonavtika, fototexnika, kinotexnika va boshqa sohalarda qoʻllanadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |