Fotima Samarqandiy
Fotima Samarqandiy | |
---|---|
Tavalludi |
XII asr Kosonsoy tumani |
Vafoti | hijriy 581-yil (milodiy 1185-yil) |
Ijod qilgan tillari | Arab tili |
Fuqaroligi | Zangiylar davlati |
Fotima binti Muhammad ibn Ahmad as-Samarqandiy — musulmon olamidagi taniqli olima va huquqshunos ayol.
Bolaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fotima Samarqandiy Namangan viloyatidagi Kosonsoy tumanida tug'ilgan. Yoshligidanoq o'zining ilm olishga intilishi va iqtidori yaqqol namoyon boʻlgan. O'sha davrining obro'li fiqh (islom yurisprudensiyasi) olimi boʻlgan otasi Alouddin Samarqandiy qizining iqtidorini payqab, uning ta'lim olishiga katta e'tibor qaratgan. Shundan so'ng, Fotima Samarqandiy fiqh, xattotlik va boshqa ko'plab ilmlarni egallashga kirishib ketadi. Buning natijasida mohir xattor va kuchli fiqh olima bo'lib yetishadi. Otalari Alouddin Samarqandiy o'zlariga kelgan fatvoni qizlariga ko'rsatmasdan javob bermaganlar. Shuning uchun barcha fatvolarda otalari bilan birgalikda qizlari Fotimaning ham muhri bosilgan.
Nikoh
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fotima Samarqandiyning ta'riflari butun dunyoga tarqaladi va arabu ajamlardan, hattoki ko'plab mamlakat podsholaridan sovchilar kela boshlaydi. Lekin Alouddin Samarqandiy qizlarini oddiy, lekin o'ta ilmli boʻlgan shogirdlari Kosoniy raxmatullohu alayhga berganlar. Ba'zilar ,,Tuhfa kitobini sharhlatib qizini o'shanga berdi" der edilar. Bunga sabab, Alouddin Samarqandiyning ,,Tuhfatul fuqaho" nomli fiqh fanidan mashhur asarlari bor bo'lib, shogirdlari Kosoniy shu kitobni 8 jildlik kitob qilib sharhlaganlar va Badoius sanoi deb nom qo'yganlar. Kitobni ko'rgan ustozlari qizlarini shogirdlariga nikohlab berdilar. Kosoniy va Fotima turmush qurgach Xalabga ko'chib ketishgan. U yerda oilaga Salohiddin Ayyubiyning yaqinlaridan boʻlgan Nuriddin Zinkiy homiylik qilgan va ularning ilmiy faoliyatini qo'llab-quvvarlagan. Turmush o'rtog'i Kosoniy ham uni juda hurmat qilgan va ayolidan maslahat so'rab turgan. O'sha davr tarixchilari yozishicha ko'pincha fatvoni mohir xattot boʻlgan Fotima o'zi yozgan va shundan so'ng muhr qo'yish uchun Kosoniyga topshirgan. Shu sabab bu fatvolar nafaqat fiqhiy, balki badiiy jihatdan ham muhim manbaalar hisoblanadi.
Ilm yo'lida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalab tarixchisi Ibn al-Adim yozishicha Fotima Ramazonda bilaguzugini sotib talabalarga o'z hisobidan iftor qilib bergan va bu udum haligacha davom etib keladi.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu faqiha ayol 581 hijriy sanada Hozirgi Suriyada Halab shahrida vafot qilganlar. Qabrlari Ibrohim Xalil jome masjidi oldidagi qabristonda. Ayollari vafot etgandan soʻng Kosoniy rahmatullohi alayh har juma kuni ayollarini ziyorat qilgani kelar edilar. Keyinchalik Kosoniy ham vafot qildilar va u kishi ham Suriyada dafn qilindilar.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Odilxon qori Yunusxon o'g'li „Фотима Самарқандийя — фақиҳларга фатво берган хоним“. Qadriyat. Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Fatima al-Samarqandi“. en.wikipedia.org. Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.