Folklor-etnografik ansambli
Folklor-etnografik ansambli — havaskor ijodiy jamoa. Xalq ijodinint qoʻshiq, raqs, oʻyin, ogʻzaki drama kabi shakllarini mahalliy (milliy) urf-odat va marosimlarga bogʻlab sahnaviy talqinini namoyish qiladi. Oʻzbekistonda Ayollar (ananaviy) ansambli, masxarabozlik, baxshishoprlar, xalq sozandalari va boshqa ijodi negi-zida 1970-yillarda madaniyat uylari qoshida tashkil topgan ("Yor-yor", R.Mazohidova, Qoʻqon; "Gulyor", L.Nurimova, Boʻstonliq va boshqalar). F.-e.a.ning reper-tuari (Ashula va raqs ansamblitn farqli oʻlaroq) muayyan viloyat (tuman, qishloq) badiiy anʼanalariga asoslanadi, chiqishlari esa koʻpincha malum xalq marosimi yoki bayram jarayonini ifodalaydi ("Beshik", "Sunnat", "Mu-chal", "Nikoh" tuylari, "Navroʻz" bay-rami, "Dehqon yili", "Sharq bozori" kabi sahnalari va boshqalar).
1980-yillardan boshlab Folklor-etnografik ansamblia.larining tuman, viloyat va respublika koʻrik-tanlovlari (1987, 1991, 1994, Toshkent; 1989, Namangan va boshqalar), 2002-yildan Boysunda YUNESKO dasturi asosida "Boysun bahori" ochiq folk-lor festivali oʻtkaziladi. "Chodir jamol" ("Margʻilon"), "Beshqarsak" (Ur-gut), "Chiroqchi chiroqlari" (Chiroqchi), "Momogul" (Qarshi), "Gavhar" (Bek-temir), "Gap-gashtak" (Forish tuma-ni), "Boysun", "Shalola" (Boysun), "Orazibon" (Xiva), "Anor" (Sario-siyo), "Jildi xalak" (Kegeyli), "Dil-kushod navolari" (Xoʻjaobod), "Chavqi" (Bulungur), "Mardona" (Vobkent) va boshqa Folklor-etnografik ansamblia.lari mashhur. Ular xalq sayillari, milliy bayram va boshqa tad-birlarda faol qatnashadi. KoʻplariAmerika, Yevropa, Osiyo mamlakatlarida oʻtkazilgan tanlov va festivallarda laureat unvoniga sazovor boʻlgan. 1980—90 yillardan bolalar F.-e.a.lari ham faoliyat koʻrsatmoqda ("Quralay", "Gul-guncha", Surxondaryo viloyati; "Dilrabo", Sirdaryo viloyati va boshqalar).
Rustambek Abdullayev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |