Fizo tajribasi
Fizo tajribasi - muhit harakatining unda tarqalayotgan yoruglik tezligiga taʼsirini aniklash tajribasi. A. I.L. Fizo oʻtkazgan (1851). Fizo tajribasi da yorugʻlik nuri S manbadan chiqib, yarim shaffof plastinka P da ikki nurga ajraladi (kaytadi va sinadi, rasmga q.): nur 1 (rasmda yaxlit chiziq bilan koʻrsatilgan) koʻzgu V va toʻla ichki qaytaruvchi prizma S yordamida yoʻnaltirilib, /) va D2 idishlarda oqayotgan suv orkali suv oqayotgan yoʻnalish boʻyicha tarqaladi, nur 2 (punktir chiziq bilan koʻrsatilgan)esateskari yoʻnalishda tarkdladi. Ikkala nur nuqta A da yigilib interferensiya manzarasini hosil qiladi. Tajribalar avval harakatsiz suvda, soʻngra harakatdagi suvda oʻtkazilgan. Interferensiya yoʻllarining siljishini oʻlchab, Fizo muhit harakatining yorugʻlik tezligiga taʼsirini hisoblagan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |