Kontent qismiga oʻtish

Fitogelmintlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fitogelmintlar, fitonematodalar — oʻsimliklarda parazitlik qiluvchi toʻgarak chuvalchanglarning umumiy nomi. Nematodalar sinfiga mansub. 10000 dan ortiq, jumladan, Oʻzbekistonda 700 ga yaqin turi maʼlum. Gavdasining uzunligi 0,2—5 (baʼzan 11) mm, yoʻgʻonligi 10—100 mkm. Oʻsimlikning yer ustki yoki yer ostki qismidagi turli organlarda parazitlik qilishga ixtisoslashgan turlari bor. F. bilan zararlangan usimlik usishdan qoladi, soʻliydi; zararlangan organlarda boʻrtma (shish) paydo qiladi; toʻqimalari yemirilib, nekrozta uchraydi. Oʻzbekistonda sabzavot va poliz ekinlari, gʻoʻza, kanop va boshqa oʻsimliklarga boʻrtma nematodalar, kartoshkaga poya nematodasi katta ziyon yetkazadi. F.ni fitogelmintologiya oʻrganadi (yana qarang Gelmintlar).