Filatov uy muzeyi
Filatov uy muzeyi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | aktiv |
Turi | turar joy |
Manzili | Mahmud Qoshgʻariy koʻchasi, 58-uy |
Shahar | Samarqand shahri |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Koordinatalar | 39°39′14″N 66°57′01″E / 39.653953°N 66.950283°E |
Qurilishi boshlangan | XIX asr oxiri |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | Nomaʼlum |
Quruvchi | Nomaʼlum |
Filatov uy muzeyi |
Filatov uy muzeyi – Oʻzbekistonning Samarqand shahrida joylashgan, istefodagi rus ofitseri Dmitriy Filatov nomidagi memorial inshoot. 1868-yilda ochilgan[1]. Samarqand shahri Mahmud Qoshgʻariy koʻchasida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dmitriy Filatov Oʻrta Osiyoga 1865-yilda Akmoladan kichik tuyalar karvoni bilan kelgan. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, Filatov Toshkentni egallagan general-mayor M.N.Chernyayevning Rossiya ekspeditsiya korpusida ishlagan. Uning vazifasi qoʻshinlarni oziq-ovqat, ichimliklar va harbiy materiallar bilan taʼminlash boʻlgan[2]. Uch yil Toshkentda boʻlib, yetarli mablagʻ toʻplagandan soʻng, Filatov Samarqandga koʻchib oʻtgan va umrining qolgan qismini shu yerda oʻtkazgan.
Dmitriy Filatov tashabbusi bilan Rossiya imperiyasi tarkibida boʻlgan Samarqand shahrida 1868-yilda vino ishlab chiqaruvchi kichik korxona tashkil etilgan[3]. Qisqa vaqt ichida Samarqand vinosining gʻayrioddiy taʼmi haqidagi xabarlar butun dunyoga tarqaladi. Oʻzbekistonda oʻtkazgan yillar davomida Filatov 40 ga yaqin uzum navlarini Yevropa va boshqa hududlardan olib kelib, sinovdan oʻtkazgan. Shuningdek, u baʼzi mahalliy navlarga ham yuqori baho berib, ulardan ishlab chiqarishda foydalangan. 1883-yilda, ishlab chiqarish boshlanganidan 15 yil oʻtib, Parijdagi xalqaro vinolar va konyaklar koʻrgazmasida oʻzining toʻliq innovatsiyasini hisobga olgan holda, Filatovning „Biishti“ vinosi (xuddi shu nomdagi uzum navidan olingan, nomi „jannat“ deb tarjima qilinadi) oltin medalni qoʻlga kiritdi[4]. Shu voqeadan keyin butun dunyodan kolleksionerlar Samarqandga bu ajoyib navli vino uchun kela boshlashgan. Antverpenda oʻtkazilgan jahon vino tanlovida kumush medal bilan taqdirlangan. 1904-yilda esa Samarqandda butun Oʻrta Osiyoda yagona uzumchilik va vinochilik maktabi ochiladi.
Sovet hukumati hokimiyatga kelishi bilan, Filatov Samarqandni tark etishga majbur boʻlgan, lekin zavod omborlariga oʻzining eng zoʻr vinolarini yashirishga ulgurgan va ular omborda bir necha oʻn yillar davomida saqlangan. Keyinchalik taʼmirlash ishlari natijasida yashiringan vinolar topilgan[5]. Yarim asr oʻtgan boʻlsa-da, bu vinolar oʻz taʼmini yoʻqotmagandi, balki yanada pishib, boy taʼmga ega boʻlgandi. Hozir Filatov sharoblari kolleksiyasi zavodning vinochilik muzeyida saqlanmoqda. Vinochilik muzeyi va tatib koʻrish xonasi XIX asr oxirida barpo etilgan tarixiy binoda, rus savdogari Dmitriy Filatovning uyida joylashgan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Muzey lavhasi
-
Binoga kirish qismi
-
Yon tomondan koʻrinishi
-
Old tomondan ko'rinishi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Музей вина Филатова при заводе Ховренко в Самарканде“. Qaraldi: 22-sentabr 2023-yil.
- ↑ „ТАЙНА ЗНАМЕНИТОГО ВИНОДЕЛА ФИЛАТОВА“ (2020-yil 22-avgust). Qaraldi: 22-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Узбекистан запланировал развитие виноделия“. Qaraldi: 22-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Узбекистан. Винный завод им. Ховренко М.А“. Qaraldi: 22-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Xovrenko nomidagi vino zavodi qoshidagi Vinochilik zavodi“. Qaraldi: 22-sentabr 2023-yil.