Kontent qismiga oʻtish

Filarmoniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Filarmoniya (yun. phileo — sevaman va harmonia — garmoniya) — ayrim mamlakatlardagi konsert tashkilotlarining nomi. 19-asr ikkinchi yarmida Yevropa va Amerika shaharlarida tashkil topgan ilk filarmoniya jamiyatlari, asosan, simfonik musiqani targib qilishgan. Aksariyat mamlakatlarda filarmoniya davlat tashkiloti boʻlib, uning vazifasi yuksak badiiy musiqa asarlarini va yetuk ijrochilar mahoratini tashviq qilishdan iborat. Musiqa bilan birga baʼzan estrada sanʼati turlari (sahna raksi, badiiy oʻqish va boshqalar)ni ham namoyish qiladi. Filarmoniya tarkibida yirik musiqa jamoalari (orkestr, xor va boshqalar), turli ansambl, yakkaxon xonanda va sozandalar faoliyat koʻrsatadi.