Kontent qismiga oʻtish

Fibrin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fibrin (lotincha fi bra – tola) – erimaydigan oqsil; qon ivishi jarayonida fibrinogensan hosil boʻladi. Fibrin silliq yoki koʻndalang chiziqli tolalar shaklida boʻladi. Fibrin tolalari polimerlanib, qon oqishini toʻxtatadigan tromb asosini hosil qiladi. Fibrin hosil boʻlishi 3 bosqichdan iborat: 1) fibrinogendan trombin taʼsirida ikkita A va B peptidi ajralib, disulfid bogʻlari bilan bogʻlangan ikkita subbirlikdan iborat fibrinmonomer hosil boʻladi; 2) fibrinmonomer fibrinagregatga (quyqaga) aylanadi; 3) fibrinagregat fibrinoligaza fermenti taʼsirida fibrinpolimerga aylanadi. Qon tomirlar shikastlanganda fibrin qalin toʻr hosil qilib, qonni toʻxtatadi. Tozalanib quritilgan qon quyqasidan fibrin olinadi. Fibrindan qon oqishini toʻxtatuvchi vositalar tayyorlanadi.