Kontent qismiga oʻtish

Feyshuy jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Feyshuy jangi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

317-yilda podshohlar avlodidan boʻlgan Sima Jun Van Dao va uning safdoshlari yordamida Szyankanni (hozirgi Nankin) poytaxt qilib taxtga oʻtirdi. Tarixda bu davr Sharqiy Szin sulolasi davri deb ataladi. Shimolda joylashgan xalqlar va Xuanxe tekisligidagi xanlar 16 ta hukumat tashkil qildilar. Bu davr „oʻn olti davlat davri“ deb ataladi. Sharqiy Szin va oʻn olti davlat yerlari xaritasi IV asrning ikkinchi yarmida imperator Syansin Fuszyan Shimolni birlashtirdi. 383 yilda u qoʻshinlarini janubga yoʻllab, Sharqiy Szinlarni bir yoʻla tugatishni oʻyladi. Uni bu yoʻldan qaytarmoqchi boʻlib, koʻp urindilar, chunki Yanszilar himoyasida boʻlgan Sharqiy Szinga qarshi urushish qiyin edi. Biroq, Fuszyan: „Biz koʻpmiz, biz kuchlimiz, har birimiz daryoga toʻr tashlashimiz bilan uni yoʻlini toʻsa olamiz“, dedi. Sharqiy Szin Syansinga birlashgan kuchlar bilan zarba berishga qaror qildi. Oʻsha vaqtda Szin qoʻshinlariga Se Shi, Se Syuan va Lyu Laochji qoʻmondonlik qilardi. Ularning qoʻshinlari soni 80 ming kishidan iborat edi. Syansin qoʻshinlari Shouyanni (hozirgi Anxoydagi Shousyan uyezdi) egalladi. Fuszyan asirga tushgan general Chju Syuy ni Szin qoʻshinlarini taslim boʻlishga koʻndirish uchun qaytarib yubordi. Chju Syuy Se Shiga syansinliklar oʻrnashgan joyni faqat 250 ming odam ushlab turganligini aytdi va raqibga birinchi boʻlib hujum qilishni taklif qildi. Sima Jun Noyabrda Lyu Laochji 5000 kishini boshqarib, dushmanga hujum qildi va Syansin qoʻshinlarining 50 mingtasini yoʻq qildi. Lyu Laochji gʻalabasidan foydalangan Se Shi ham jangga kirdi. Raqiblarning qoʻshinlarini Feyshuy daryosi ajratib turardi. Se Syuan. daryo jang qilish uchun xalaqit qilishini inobatga olib, Syansin qoʻshinlariga orqaga chekinishni taklif qildi. Fuszyan Szin qoʻshinlarining otliqlari daryodan oʻtayotganda hujum qilishga qaror qilib, oʻz qoʻshinlariga daryodan chekinishni buyurdi. Biroq, lashkarlar chekinishning sababini tushunmay, ularning qoʻshinlari tormor keltirildi deb oʻyladilar. Uning ustiga Chju Syuy: „Syansin qoʻshinlari magʻlubiyatga uchradi“, deb baland ovoz bilan qichqiradi. Qarorgohda sarosima boshlandi. Bu holatdan foydalangan Szin qoʻshinlari daryodan oʻtib oldilar. Raqib qochdi. Fuszyan kamon oʻqidan yaralandi. Chanʼanga jami 100 mingdan ortiq Syansin qoʻshinlari yetib keldi. Tarixda mana shu kichik sonli kuchlar bilan raqiblarning katta sonli kuchlarini tormor keltirilishi mashhur Feyshuy jangi hisoblanadi. Syansin imperiyasi yemirildi, Shimol yana koʻpgina knyazliklarga boʻlinib ketdi. Vaholanki, Sharqiy Szin Janubning barqarorligini kafolatlagan edi. Keyin Sharqiy Szin hokimiyatini general Lyu Yuy bosib oldi va Sun sulolasiga asos soldi. 420-yildan 589-yilgacha, yaʼni 170-yil davomida Janub toʻrtta Sun, Si, Lyan va Chen sulolalari hukmronligini koʻrdi. Tarixda bu davr Janubiy sulolalar davri deb ataladi. 439-yilda Shimoliy Vey hokimiyati Shimolni birlashtirdi va Janub sulolalariga qarshi kuchlari tashkil qildi. Tarix endi Janubiy va Shimoliy sulolalar davriga kirdi[1].

  1. Nosirov, S. Xitoy tarixi. Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2018 — 83,84,85-bet. 

S.Nosirova, S.Hashimova. Xitoy tarixi. Toshkent −2018 83,84,85 betlar