Kontent qismiga oʻtish

Feruzakon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Feruzakon — Qurama togʻlarining janubiy gʻarbiy yon bagʻrida joylashgan feruza koni, Tojikiston Respublikasi hududida. Oʻrta karbon davriga mansub Akcha svitasining seritsitlangan kvarsitlarida joylashgan. Bu "Feruzali yoriq" zonasi gʻarbdan sharqqa 60 km ga choʻzilgan. Konning uz. 600 m, eni 50 – 60 m, chuq. 10 –25 m. Feruza oqargan va avval maydalanib, keyinchalik qayta birikkan jinslarda 0,1 —0,3 sm dan 2 — 3 sm gacha qalinlikdagi tomirlar shaklida oq kvars tomirlari bilan birga (baʼzan murakkab uyachalar shaklida, tog xrustali kristallarini yoki atrofdagi jinslar boʻlakchalarini biriktirib turgan sement) holida uchraydi. Kondagi feruza yorqin havorang yoki boʻrsimon oqimtir havorang. Qazib olingan feruzaning 5 —10% i zargarlikda ishlatiladi.