Kontent qismiga oʻtish

Feruza Xasanova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Feruza Xasanova
Tavalludi 23-iyul 1954-yil (1954-07-23) (70 yosh)
Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
Ilmiy darajasi qishloq xoʻjaligi fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Feruza Marifovna Xasanova (1954-yil 23-iyul, Oʻzbekiston SSR) — Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Tuproqqa ishlov berish va jadallashtirilgan texnologiyalar laboratoriyasi mudiri, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor. Feruza Xasanova „Umumiy dehqonchilik“ ixtisosligi boʻyicha katta ilmiy xodim (1990) va professor (2019). Erta va sifatli koʻchat olishda chigitni plyonka ostiga ekib yetishtirish, kuzgi bugʻdoyni ishlov bermasdan toʻgʻridan-toʻgʻri gʻoʻza ichiga ekish texnologiyasini ishlab chiqqan. Qishloq xoʻjaligida dolzab muammolarga bagʻishlangan 170 dan ortiq monografiya, ilmiy maqolalar, tavsiyalar va qoʻllanmalar muallifidir[1]. Tajribali olim seleksionerlar bilan samarali izlanishlari natijasida kungaboqarning Slava navini yaratgan. „Oʻzbekistin mustqailligining 10 yilligi“, Oʻzbekistin mustqailligining 20 yilligi“, Oʻzbekistin mustqailligining 25 yilligi“ koʻkrak nishoni, „Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik fidoyisi“ koʻkrak nishoni, „Sodiq xizmatlari uchun“ medali[2][3] bilan taqdirlangan, respublika „Olima ayol“ uyushmasi aʼzosi[1].

  1. 1,0 1,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet. 
  2. „Prezident bir guruh ayollarni mukofotladi“ (2023-yil 6-mart).
  3. „Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotladi“ (2023-yil 6-mart).