Feruza Nuritdinova
Nuritdinova Feruza Rahimovna kizlik familiyasi Alimova (1939-yil 4-oktabr — 2021-yil 15-yanvar) — oʻzbek biokimyogari, fan doktori, professor, ixtirochi-olim.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nuritdinova Feruza Qirgʻiziston SSRning Talas viloyati Leninpol qishlogʻida (2001-yildan Bakay-Ata) (1991-yil 31-avgustdan Qirgʻiziston Respublikasi) hisobchi oilasida tugʻilgan.
Professor Nuritdinova 1957-yilda Oʻzbekistonning Fargʻona shahridagi 5-sonli maktabda tahsil olgan. Oʻsha yili Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Biologiya-tuproq fakultetiga oʻqishga qabul qilinib, uni 1962-yilda aʼlo baholarda tamomlagan. Ixtirochi-olima oʻsha yili Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Respublika eksperimental biologiya ilmiy-tadqiqot institutiga (NPO Biolog) ishga yuborilgan[1].
1965-yilda mazkur institutning aspirantura boʻlimiga oʻqishga kirib, akademik A.I.Imomaliyev (sovet va oʻzbek fiziologi, fanning koʻzga koʻringan namoyandalaridan biri) rahbarligida „Физиологическое действие диурона на хлопчатник и ширицу“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qilgan va biologiya fanlari nomzodi ilmiy unvonini olgan.
Professor Nuritdinova hammualliflik asosida „Gerbitsidi i ix deystvie na rasteniya“ ilmiy ishni tayyorlagan, olima unda gerbitsidlarning taʼsir qilish mexanizmlari va ularni oʻzgartirish usullarini koʻrsatib bergan.
Feruza Nuritdinova qariyb 17 yildan ortiq vaqt mobaynida paxta tolasini avtoklavda yetishtirish usulini oʻrganib kelgan, bu esa zavodlarda belgilangan parametrlarga ega paxta tolasini ishlab chiqarish istiqbollarini ochishda katta ahamiyat kasb etgan[2].
Olima 1991-yilda biologiya fanlari doktori ilmiy unvonini olish uchun oʻtkazgan tadqiqot ishlari asosida „Endogennie regulyatori formirovaniya volokna xlopchatnika“[3] Ilmiy ishini tayyorlagan. Xuddi shu yili Tojikiston Fanlar akademiyasi fiziologiya va biofizika ilmiy-tadqiqot institutida Feruza Nuritdinovaning doktorlik ilmiy ishi himoyasi boʻlib oʻtgan va unga biologiya fanlari doktori ilmiy darajasi berilgan.
Biokimyogar Nuritdinovaga 1992-yil 15-mayda oʻsimliklar oʻsishi regulyatorini ishlab chiqish maqsadida mualliflik guvohnomasi berilgan[4].
1993-yilda olima oʻsishni tartibga solish fiziologiyasi va biokimyosi laboratoriyasini boshqargan. Uning rahbarligida laboratoriyada ,,Izuchenie prirodi deystviya regulyatorov rosta rasteniy" mavzusida ilmiy ish olib borgan.
Butun dunyoda oʻsha paytlarda mazkur mavzu bilan shugʻullanuvchi bor-yoʻgʻi 2 ta laboratoriya mavjud boʻlgan, ulardan biri SSSRda yani Toshkentda va ikkinchisi AQShda joylashgan.[2]
Feruza Nuritdinova uzoq yillik faoliyati davomida koʻplab fan nomzodi va fan doktorlarini yetishib chiqishida oʻz hissasini qoʻshgan. Uning shogirdlari orasida nafaqat sobiq ittifoq respublikalari, balki xorijiy davlatlar vakillari ham bor.[2]
U SSSR biokimyogarlarining II Butunittifoq kongressida faol ishtirok etgan. Uning fenolik birikmalar boʻyicha tayyorlagan ishining natijalari SSSR biokimyogarlarining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi Butunittifoq kongressining tezislarida eʼlon qilingan. Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston biokimyogarlarining toʻrtinchi konferensiyasi ishida faol ishtirok etgan.
Feruza Nuritdinova institut jamoasining ijtimoiy hayotida ham muhim oʻrin egallagan. U faoliyati davomida institut ilmiy kengashi kotibi, institut kasaba uyushmasi raisining oʻrinbosari, xotin-qizlar kengashi raisi, xalq nazorati qoʻmitasi aʼzosi sifatida ishlab kelgan[2].
Uning koʻp yillik samarali mehnati turli mukofotlarga munosib deb topilgan[2].
Olima nafaqaga chiqqanidan soʻng ham 2007-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida „Botanika va hujayra biologiyasi“ kafedrasi professori lavozimida talabalaga dars bergan va ilmiy faoliyatini davom ettirgan. Talabalarga „Oʻsimliklar fiziologiyasi“ fanidan maʼruzalar oʻqigan. Bu davrda u biologiya fanlari nomzodi F.N.Piraxunova bilan hamkorlikda „Oʻsimliklar fiziologiyasi“ darsligini tayyorlagan[5].
Shu bilan birga 2007-2011-yillarda „Izuchenie fiziologo-bioximicheskix osnov plodoobrazovaniya i opadeniya plodoorganov novix i perspektivnix sortov xlopchatnika“ mavzusidagi OT-F4-023 Davlat fundamental loyihasida professor sifatida ishtirok etgan.
Loyiha ustida ishlash jarayonida kafedra dotsenti F.N.Piraxunovaning „Mikroelementlarning meva hosil boʻlishi va gʻoʻzaning meva organlarining ajralishi bilan bogʻlanish qonuniyatlari“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasiga, shuningdek, Tabiiy fanlar fakultetining bakalavriat bosqichi talabasi Temirova Muxlisaning „Gʻoʻza hosildorligini saqlash va oshirishda monoetonolamin stimulyatori diatsetatining oʻrni“ mavzusida diplom ishiga rahbarlik qilgan.
Professor Nuritdinova 2011-yilda biologiya fanlari nomzodi, dotsent F.N.Piraxunova bilan hamkorlikda „Puti regulyatsii opadeniya plodoorganov xlopchatnika“ monografiyasi chop etilgan.
2016-yilda Moskvadagi ,,International Journal of Experimental Education" ilmiy jurnalida olimaning ,,Vliyanie medi, bora i stimulyatora diatsetatmonoetonolamina na rost i razvitie i plodoobrazovanie xlopchatnika" mavzusida maqolasi chop etilgan (№ 11, 2-qism, 2016-y).[6]
2017-yilda F.R.Nuritdinova, F.N.Piraxunova va A.Abzalov hammuallifligidagi maqolasi uchun Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining Moskovskogo „Mejdunarodnogo Salona Obrazovaniya“[7] diplomi bilan taqdirlangan.
Feruza Nuritdinova turli ilmiy jurnallarda 100 dan ortiq maqolalar muallifi.[2]
Istedodli olima, tadqiqotchi umrining soʻnggi yillarida mashhur dinshunos olim Bahouddin an-Naqshband al-Buxoriy merosini oʻrganishga kirishgan[8]. Ilmiy izlanishlar jamlanmasini nashr etish uchun tayyorlangan. Biroq bu ishni yakunlashga ulgurmagan.
Professor Nuritdinova 2021-yilda koronavirus (COVID-19) bilan kasallangan va ushbu xastalik sabab dunyodan koʻz yumgan[2].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Otasi: Rahim Alimov 50 yildan ortiq hisobchi boʻlib ishlagan. Qariyb 27 yil Fargʻona shahridagi 1-sonli kasb-hunar bilim yurtida bosh hisobchi sifatida faoliyat olib borgan.
- Onasi: Bibisora Alimova besh farzandning onasi, 40 yildan ortiq Oʻzbekiston SSRning turli taʼlim muassasalarida ishlagan.
- Turmush oʻrtogʻi: Nuritdinov Anvar Iqbolovich (1936-yil 29-noyabr — 2007-yil 9-yanvar) — biologiya fanlari nomzodi, Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Sabzavotchilik va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori.
- Qizlari:
- Nuritdinova Anora Anvarovna — pediatr.
- Nuritdinova Nargiza Anvarovna — stomatolog-ortoped.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „АКАДЕМИЯ НАУК РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН“. www.academy.uz. 2020-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-mart.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 „Нуритдинова Алимова Феруза Рахимовна (Анвар Алимов) / Проза.ру“. proza.ru. 2021-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
- ↑ „Нуритдинова, Фируза Рахимовна — Эндогенные регуляторы формирования волокна хлопчатника : диссертация доктора биологических наук : 03.00.12. — Ташкент, 1991. — 274 с. : ил. // Физиология растений // OD 71 93-3/41“. 2021-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-may.
- ↑ „Нуритдинова Фируза Рахимовна“ (Русский). PatentDB. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-iyun.
- ↑ „Физиология растений“. expo-books.ru. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-iyun.
- ↑ Пирахунова Ф. Нуриддинова Ф. Абзалов А. „ВЛИЯНИЕ МЕДИ, БОРА И СТИМУЛЯТОРА ДИАЦЕТАТМОНОЭТАНОЛ-АМИНА НА РОСТ, РАЗВИТИЕ И ПЛОДООБРАЗОВАНИЕ ХЛОПЧАТНИКА“ (Русский). Научный журнал Международный журнал экспериментального образования ISSN 2618–7159 ИФ РИНЦ = 0,757 (дата публикации 24.11.2016). 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-may.
- ↑ „МОСКОВСКИЙ МЕЖДУНАРОДНЫЙ САЛОН ОБРАЗОВАНИЯ“ (Русский). МОСКОВСКИЙ МЕЖДУНАРОДНЫЙ САЛОН ОБРАЗОВАНИЯ. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
- ↑ „Багаутдина Накш Банди аль Бухари“ (Русский). 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-mart.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Кандидатская десертация на тему: «Физиологическое действие диурона на хлопчатник и ширицу», 1965 год, находится в библиотеке Академии наук Узбекистана.
- Докторская десертация на тему: «Эндогенные регуляторы формирования волокна хлопчатника», 1991 год, находится в библиотеке Академии наук Узбекистана.
- «Узбек Олималари» («Узбекские женщины ученые») автор Максуда Содикова, издательство «Фан» 2004 год, находится в Национальной библиотеке имени Алишера Навои, Ташкент, Узбекистан.
- „ВЛИЯНИЕ МЕДИ, БОРА И СТИМУЛЯТОРА ДИАЦЕТАТМОНОЭТАНОЛ-АМИНА НА РОСТ, РАЗВИТИЕ И ПЛОДООБРАЗОВАНИЕ ХЛОПЧАТНИКА - Международный журнал экспериментального образования“. www.expeducation.ru. 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-may.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |