Fermer xoʻjaligi
Fermer xoʻjaligi – xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yerda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik. Fermer xoʻjaligining ijtimoiyiqtisodiy mazmuni va faoliyat koʻrsatish tartibi turli mamlakatlarda turlicha boʻlib, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi va xususiyatlari, shuningdek, mehnatdan va yerdan foydalanish sharoitlari, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini industrlash va ixtisoslashtirish darajasi, kapital hajmi va shahrik. Omillar bilan belgilanadi. Ilk va mukammal shakldagi Fermer xoʻjaligilari AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyada mustamlakachilik siyosati va boʻsh yotgan hamda yerli aholiga tegishli yerlarda koloniyalar tashkil qilish natijasida paydo boʻldi. XX asrning 1920—1930-yillari AQSH, Kanada, Buyuk Britaniyada, 1950—1960-yillarda esa rivojlangan. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi mashinalashgan bosqichga oʻtdi, natijada fermerlar bu mamlakatlarda qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchilariga aylandilar. Bu mamlakatlarda Fermer xoʻjaligi yerlari xususiy mulk hisoblanadi yoki yer ijaraga olinadi. Fermer xoʻjaligida barcha ishlab chiqarish vositalari va yetishtirilgan mahsulot Fermer xoʻjaligi boshligʻi, yaʼni fermerning yoki uning aʼzolari mulki hisoblanadi. Fermer xoʻjaligida, asosan, fermer oila aʼzolari, qarindoshurugʻlari va mavsumda yollanma ishchilar mehnat qiladi.
Oʻzbekistonda dastlabki Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan „Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida“ qonuniga muvofiq, dehqon xoʻjaligi shaklida tashkil etildi, dastlab yirik qishloq xoʻjaligi korxonalari tarkibidagi ichki Fermer xoʻjaligilari va mustaqil yuridik shaxs sifatidagi Fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatdi. 1990-yillarning oxirlaridan boshlab Fermer xoʻjaligini tashkil etish va uning faoliyatiga doir huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining „Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida“ qonuni (1998-yil 30-aprel; yangi taxrirda 2004-yil 26 avgust) bilan tartibga solinadi.
Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari yerdan ijara asosida foydalanadilar va ularga yer maydonlari 50 yilga yoki 30 yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. Ijaraga beriladigan yer maydonlarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilikda kamida 10 ga, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtyrish uchun kamida 1 ga qilib belgilangan. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Fermer xoʻjaligida kamida 30 shartli bosh chorva moli boʻlishi lozim. Bunday xoʻjaliklarda bir shartli bosh chorva moli hisobiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda 0,3 ga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi sugʻoriladigan yerlarda 0,45 ga, sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 ga ni tashkil etadi.
Oʻzbekistonda fermer xoʻjaligilari soni 87,6 mingtani, ularga birkitilgan yer maydoni 2148,1 ming ga ni, bitta Fermer xoʻjaligining oʻrtacha yer maydoni 24,5 ga ni, Fermer xoʻjaligida band boʻlganlar soni 603 ming kishini, shu jumladan, yollanma ishchi kuchi 52,4 ming kishini tashkil qildi (2004-yil 1-yanvar).
Yana qara
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |