Ferdinand
Qiyofa
Ferdinand (Ferdinand) — "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatorlari ismi.
Ferdinand I (1503—1564) — imperator (1556-yildan), Avstriya ersgersogi; Chexiya va Vengriyaning gabsburglar sulolasidan chiqqan birinchi qiroli (1526-yildan). Karl V ning ukasi. Ferdinand II (1578—1637) — imperator (1619-yildan). Gabsburglar sulolasidan boʻlgan Avstriya ersgersogi. Kontrreformatsiya siyosatini yurgizgan. 1618 — 1648-yillardagi oʻttiz yillik urushning boshlangʻich davrida gabsburglar katoliklar guruhiga rahbarlik qilgan.
Ferdinand III (1608—57) — imperator (1637-yildan), gabsburglar sulolasidan boʻlgan Avstriya ersgersogi. Uning davrida oʻttiz yillik urush (161848) tugagan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |