Kontent qismiga oʻtish

Fenomenalizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fenomenalizm — falsafiy taʼlimot; bevosita bilish obʼyekti sezgilarning oʻzidangina iborat degan nuqtai nazarga tayanadi. Bu taʼlimot vakillarini falsafa tarixida ashaddiy va moʻʼtadil fenomenalizm tarafdorlariga ajratib oʻrganishadi. Ashaddiy fenomenalizm konsepsiyasi dunyo "gʻoyalar" majmuasi, "sezgilar kompleksno deb hisoblovchi (Berkli, empiriokrititsizm) subyektiv idealizm oqimiga yoki dunyoni bilish mumkinligini inkor etuvchi agnostitsizmgy. olib boradi. Bunday konsepsiya tarafdorlari fikricha, "sezgilar ortida nimalar yashiringanligini bilishimiz mumkin emas" (Yum). Moʻʼtadil fenomenalizm vakillari orasida sezgilarda namoyon boʻluvchi obʼyektlarning real mavjudligini tan oluvchi va bunday obʼyektlarni (Lokk singari) moddiy obʼyektlar deb hisoblovchi noizchil materialistlarni ham, bu obʼyektlarni bilib olish mumkin boʻlmaydigan "narsa oʻzida"dir deb hisoblovchi kantcha agnostitsizm tarafdorlarini ham (Kant, Mill, Spenser) uchratish mumkin. Fenomenalizm XIX, XX asrlarda oʻtgan barcha pozitivistik taʼlimotlarga ham xosdir. Fenomenalizm neopozitivizm oqimida lingvistik va umuman semiotik shaklda namoyon boʻladi, chunki bu oqimning asosiy daʼvosi tajribani "obʼyektli" yoki "fenomenalistik" tilda ifodalab berishdan iboratdir. Fenomenalizm ingliz-amerika neorealizmiga ham xosdir.