Kontent qismiga oʻtish

Fenny Heemskerk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fenny Heemskerk 1968-yilda

Fenny Heemskerk (1919-yil 3-dekabr, Amsterdam[1] — 2007-yil 8-iyun, Amersfort) — gollandiyalik ayol shaxmat ustasi. U FIDE xalqaro ayol usta (WIM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega.

Fenny Heemskerk ayollar shaxmat boʻyicha Gollandiya chempionatida oʻn marta gʻolib chiqqan (1937, 1939, 1946, 1948, 1950, 1952, 1954, 1956, 1958 va 1961-yillar). Fenny Heemskerk 1937-yilda boʻlib oʻtgan shaxmat musobaqasida Catharina Roodzantga qarshi oʻyinda 4,5:0.5 hisobida gʻalaba qozondi. Amsterdamda 1939-yilda tashkil etilgan shaxmat turnirlarida qatnashib, Sonja Graf bilan boʻlgan oʻyinda 0:4 hisobi bilan magʻlub boʻladi.

Fenny Heemskerk 1950-yilda Moskvada shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida sakkizinchi oʻrinni egalladi (Lyudmila Rudenko gʻalaba qozondi),[2] 1952-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan nomzodlar turnirida ikkinchi va uchinchi oʻrinlarga daʼvogarlik qildi (Elizabet Bikova gʻalaba qozondi),[3] 1955-yilda Moskvadagi nomzodlar turnirida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi (Olga Rubtsova gʻalaba qozondi).[4] Fenny Heemskerk 1961-yilda Vrnjacka Banja shahrida boʻlib oʻtgan nomzodlar turnirida 15-16-oʻrinlarni egalladi (Nona Gaprindashvili gʻalaba qozondi).[5]

Fenny Heemskerk 1957-yilda Emmen shahrida boʻlib oʻtgan 1-Ayollar shaxmat Olimpiadasida ishtirok etdi, lekin otasi vafot etganligi haqidagi xabarni eshitgach, musobaqa boshlanganidan atigi ikki kund oʻtib keyin oʻyinlarni tark etishga majbur boʻldi.[6]

Xemskerk 1950-yilda Xalqaro Ayol ustasi (WIM) unvoni va 1977-yilda Ayol grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor boʻldi[1]. U ritsarlik uvoni boʻlmish Orange-Nassau ordenga loyiq deb topildi.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1940-yil yanvar oyida Fenny Heemskerk FIDE ustasi Villem Kumenga turmushga chiqdi[7] va tez orada qiz farzandli boʻldi. Nikoh 1944-yilda oʻz nihoyasiga yetdi.[8]

Fenni Ximskerk qizi bilan 1951-yilda
  1. 1,0 1,1 Gaige, Jeremy (1987), Chess Personalia, A Biobibliography, McFarland, 167-bet, ISBN 0-7864-2353-6
  2. „World Chess Championship (women) : 1949–50 Title Tournament“. Mark-weeks.com. Qaraldi: 20-dekabr 2011-yil.
  3. „World Chess Championship (women) : 1952 Candidates Tournament“. Mark-weeks.com. Qaraldi: 20-dekabr 2011-yil.
  4. „World Chess Championship (women) : 1955 Candidates Tournament“. Mark-weeks.com. Qaraldi: 20-dekabr 2011-yil.
  5. „World Chess Championship (women) : 1961 Candidates Tournament“. Mark-weeks.com. Qaraldi: 20-dekabr 2011-yil.
  6. „Je Maintiendrai - Chess.com“. Blog.chess.com. Qaraldi: 20-dekabr 2011-yil.
  7. „Huwelijk Nederlands schaakkampioene“. Tijdschrift van den Koninklijken Nederlandschen Schaakbond. 47-jild, № 1. 1940-yil yanvar. 30-bet. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  8. Hageman, Esther (27 June 2007) Fenny Heemskerk 1919-2007. trouw.nl