Feminizatsiya
Feminizatsiya (lot. femina – ayol, urgʻochi) – erkak organizmda ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishi. Feminizatsiya – gormonal muvozanatning buzilishi; odamlar, baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, qushlar, sut emizuvchilarda kuzatilgan. Feminizatsiyani bichilgan (qarang Axtalash) erkak hayvonlarga tuxumdonni koʻchirib oʻtkazish yoki urgʻochi jinsiy gormon (esterogen) taʼsir ettirib, sunʼiy paydo qilish mumkin. Mas, bichilgan xoʻrozga tuxumdon koʻchirib oʻtkazilganida unda tovukdar uchun xos boʻlgan patlar, toj, jinsiy xatti harakatlar paydo boʻladi. Bichilgan erkak sut emizuvchilar (kalamushlar, maymunlar va boshqalar)da koʻchirib oʻtkazilgan tuxumdon yoki esterogen taʼsirida sut bezlari rivojlanadi; urgʻochilar uchun xos boʻlgan jinsiy instinktlar paydo boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |