Kontent qismiga oʻtish

Fargʻona kimyoviy tolalar zavodi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fargʻona kimyoviy tolalar zavodi — kimyo sanoatining yirik korxonasi. "Oʻzkimyosanoat" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida, davlat korxonasi maqomiga ega. Diatsetatsellyuloza, atseton va kaprolaktamdan toʻqimachilik va trikotaj sanoati uchun yaxlit atsetat iplar, poliamid 6 granulalari, poliamid iplar, avtomobil shinalari kordi qoplamasi ishlab chiqaradi.

Korxona 1969-yildan atsetat iplari ishlab chiqarish yoʻnalishida ishga tushirilgan. 1998-yilda plastmassa, kolbasa pusti, avtomobil gʻildiraklari uchun shina, rezinatexnika asboblari ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan poliamid granulalari ishlab chiqarish sexida Germaniya uskunalari oʻrnatildi. Mahsulotlari janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari, Rossiya, Turkiya, Portugaliyaga eksport qilinadi.