Kontent qismiga oʻtish

Falahat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Falahat (shuningdek, Fallahat, al-Fallahat, Mintaqat al-Falahat) Iroqdagi qishloq boʻlib, Falluja shahrining gʻarbidagi Al-Anbar muhofazotida, Furot daryosining janubida va 10, 11, 12-magistral yoʻllarning janubida joylashgan[1][2]. Habbaniya shaharchasi qishloqning shimoli-gʻarbida joylashgan.

2016-yilgi Falluja qamali va undan keyingi toʻqnashuvda Iroq armiyasi hamda IShID jangarilari o‘rtasida shiddatli janglar bo‘lgan. 11-may kuni koalitsiya harbiy samolyotlari hududni bombardimon qilishi natijasida 8 nafar jangari halok bo‘lgan[3]. 2-iyun kuni mintaqada xalqaro koalitsiya aviatsiyasi tomonidan IShIDning 12 jangarisi, to‘rtta avtomobil va minomyot otryadi yo‘q qilingan[4]. 2016-yilning iyulidan boshlab shaharda IShID nazorati oʻrnatilgan.