Fagot
Qiyofa
Fagot (ital. fagotto – tugun, boglam) – puflamatilchali musiqa cholgʻu asbobi. Taxminan 1530-yillarda bombarda (tilchali yogʻochpuflama soz) asosida ixtiro qilingan. Zarang yogʻochidan yasaladi, qoʻsh tilchali. Silindrkonus simon 2 asosiy (katta va kichik) va ularni oʻzaro bogʻlovchi qoʻshimcha kanali mavjud. Hozirgi Fagotda chalgʻich teshiklari 25—30 ta boʻlib, 5—6 tasi barmoq bilan, qolganlari klapanlar bilan berkitiladi. Oʻziga xos tembri, keng texnik imkoniyatlari tufayli asosiy yakkanavoz, ansambl va orkestr sozlari qatoridan oʻrin olgan. Kontrafagot turi ham bor. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, ayrim musiqa litsey va kollejlarida fagot sinflari mavjud.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Proizvedeniya s uchastiem fagota na IMSLP
- Sayt, posvyaщyonniy fagotu
- Fagot na sayte Venskoy simfonicheskoy biblioteki
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |