Evo Morales
Evo Morales | |
---|---|
Boliviya Prezidenti | |
Mansab davri 2006-yil 22-yanvardan – 2019-yil 10-noyabrgacha | |
Vitse-prezident | Álvaro García Linera |
Oʻtmishdoshi | Eduardo Rodríguez |
Vorisi |
Jeanine Áñez (v.b.) Luis Arce |
UNASUR raisi | |
Mansab davri 2018-yil 17-apreldan – 2019-yil 10-noyabrgacha | |
Oʻtmishdoshi | Mauricio Macri |
Vorisi | Luis Arce |
Boliviya sotsialist harakati yetakchisi | |
Mansab davri 1998-yil 1-yanvardan – 2019-yil 10-noyabrgacha | |
Oʻtmishdoshi | Lavozim taʼsis etilgan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Juan Evo Morales Ayma 26-oktyabr 1959-yil Orinoko |
Mansubligi | Boliviya |
Qoʻshin turi | Boliviya Armiyasi |
Xizmat yillari | 1977–1978 |
Juan Evo Morales Ayma (talaffuzi: Evo Morales; 26-oktyabr 1959; ispancha talaffuzi: [ˈeβo moˈɾales]), Boliviya siyosatchisi, 2006-yildan 2019-yilgacha mamlakat Prezidenti[1]. 2019-yil 10-noyabr kuni ommaviy norozilik namoyishlari natijasida isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi[2]. Millati aymara[3]. Ispaniya mustamlakasidan keyin Boliviyani boshqargan birinchi mahalliy amerikalik hisoblanadi. Boliviyani hammadan uzoqroq muddat boshqargan[4].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Morales kambagʻal katolik dehqon oilasida tugʻilgan[5]. Uning ota-onasi – onasi Mariya Mamani, otasi Dionisio Morales Huanca – Aymara hindulari boʻlib, lama koʻpaytirish va dehqonchilik bilan shugʻullanishgan. U bolaligini shunday eslaydi: „Uyimizda bitta qop makkajoʻxori bor edi. Onam biz uchun nonushta, tushlik va kechki ovqat tayyorlash uchun ishlatgan. Bayramlarda u bizga quritilgan goʻsht berardi“[6].
Qishloq oʻqituvchilari Moralesni qobiliyatli oʻquvchi sifatida eslashadi, lekin u hech qachon toʻliq oʻrta maʼlumot olmagan. Uning oilasi Oruro shahriga koʻchib oʻtgani va u yerdan harbiy xizmatga chaqirilgandi. Armiyada Morales polk guruhida trubachi boʻlgan edi. 1980-yillarning boshida u koka plantatsiyalari bilan mashhur boʻlgan Chapare togʻli hududiga ishlash uchun ketdi. Biroz vaqt oʻtgach, koka ishlab chiqaruvchilar uyushmasining rahbari boʻldi.
1995-yilda Evo Morales „Sotsializm tomon harakat“ (ispancha: Movimiento al Socialismo) partiyasini yaratdi. U Birlashgan chap koalitsiyada Milliy Kongressga saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
1997-yilda Morales Birlashgan chap tashkilot roʻyxati boʻyicha parlament quyi palatasiga saylangan[7].
2002-yilgi prezidentlik saylovlarida Evo Morales ikkinchi oʻrinni egalladi, bu Boliviyaning anʼanaviy partiyalari uchun kutilmagan voqea edi. Mahalliy kelib chiqishi uni Lotin Amerikasi boʻylab bir zumda mashhur qildi. Moralesning aytishicha, u muvaffaqiyatga qisman AQShning Boliviyadagi elchisi Manuel Rochaning unga qarshi kamsituvchi soʻzlari sabab boʻlgan, Moralesning soʻzlariga koʻra, u „odamlar ongini uygʻotish“ga undagan[8].
Morales 2005-yil 18-dekabrda Boliviya prezidenti etib saylangan. Unga saylovchilarning 54 foizga yaqini ovoz berdi, saylovchilarning 84 foizi ishtirok etdi. Morales 2006-yil 22-yanvarda vazifasiga kirishdi. Uning prezidentlik saylovlarida muvaffaqiyat qozonishiga uning Amerikaga qarshi saylovoldi dasturi va gaz sanoatini milliylashtirishga vaʼda bergani yordam berdi. Bundan tashqari, u aksariyati dehqonlar boʻlgan saylovchilarga koka yetishtirishni qonuniylashtirishga vaʼda berdi. Saylanganidan koʻp oʻtmay, konstitutsiyani isloh qildi. Davlat rahbarining ketma-ket ikki marta saylanishi taqiqlandi. Sud keyinchalik aniqlaganidek, Moralesning birinchi muddati hisobga olinmadi va u 2014-yilda qayta saylanishga muvaffaq boʻldi.
2009-yil dekabr oyida navbatdagi prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtdi. Evo Morales 63% ovoz bilan gʻalaba qozondi. 2014-yilda prezident sifatidagi birinchi muddatini hisobga olmagan sud qarori tufayli yana qayta saylandi.
2014-yildagi prezidentlik saylovlarida yana 61,36 foiz saylovchilar tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, gʻalaba qozondi.
2016-yilning 21-fevralida mamlakatda Evo Moralesning ketma-ket ikki muddatga prezident boʻlish cheklovini bekor qilish orqali toʻrtinchi bor saylovda ishtirok etish imkoniyatini yaratuvchi referendum oʻtkazildi. Ovoz berish natijalariga koʻra, saylovchilarning qariyb 63 foizi prezidentlik muddatlari soni boʻyicha cheklovni bekor qilishga qarshi chiqqan.
2016-yilning dekabrida Morales yangi muddatga prezidentlikka nomzod sifatida koʻrsatilgan edi. 2017-yilning noyabr oyida Boliviya Oliy sudi muddatlar chegaralarini konstitutsiyaga zid deb topdi.
2019-yil 20-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylovlarda dastlabki natijalar Morales 46,86 foiz, uning raqibi, fuqarolik jamiyati koalitsiyasining sobiq prezidenti va nomzodi Karlos Mesa esa 36,72 foiz ovoz olganini koʻrsatdi. Morales darhol oʻzini saylov gʻolibi deb eʼlon qildi. Bu mamlakatning koʻplab shaharlarida norozilik va tartibsizliklarga olib keldi. Moralesning aytishicha, mamlakatdagi oʻng kuchlar, xorijdan koʻmak olib, davlat toʻntarishiga urinish boshlagan. 23-oktyabr kuni Morales mamlakatda favqulodda holat eʼlon qildi.
Namoyishlar paytida kamida 30 kishi yaralangan. Boliviya Oliy saylov sudi prezidenti Mariya Yevgeniya Choke 30-oktyabr kuni Amerika davlatlari tashkiloti (OAS) va Yevropa Ittifoqi ovozlar hisobini tekshirishi mumkinligini va rasmiylar bunga ochiq ekanini aytdi.
2019-yil 10-noyabrda bir necha hafta oldin boʻlib oʻtgan umumxalq saylovlaridagi qonunbuzarliklarni tan oldi va davom etayotgan norozilik namoyishlari hamda politsiya va armiya bosimi ostida isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi[9].
12-noyabr kuni qizi va vitse-prezident Alvaro Garcia Linera bilan birga Meksikaga keldi. Meksika ichki ishlar vaziri Olga Sanches Korderoning buyrugʻi bilan unga siyosiy boshpana berildi[10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Profile: Boliviaʻs President Evo Morales“. BBC News (13-oktyabr 2014).
- ↑ „Bolivian president slashes salary for public schools“. USA Today (28-yanvar 2006-yil). 28-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-yanvar 2016-yil.
- ↑ America Vera-Zavala.. „Evo Morales Has Plans for Bolivia“. In These Times (18-dekabr 2005-yil). 3-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-fevral 2007-yil.
- ↑ „Президент Боливии Эво Моралес объявил об отставке“. Meduza. meduza.io. 2019-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-noyabr.
- ↑ „Эво Моралес: «Я католик, но я разочарован в Церкви»“. 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-noyabr.
- ↑ „Медленное восхождение и стремительное падение Эво Моралеса / Идеи и люди / Независимая газета“. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
- ↑ „Bolivia’s Morales resigns after protests, lashes out at 'coup'“. 2020-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-noyabr.
- ↑ „Моралес ушел, но может и вернуться“. 2019-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-noyabr.
- ↑ „Президент Боливии Эво Моралес ушел в отставку под давлением полиции и армии“. 2019-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-noyabr.
- ↑ „ОАГ начнет проверять итоги президентских выборов в Боливии 31 октября“. 2019-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-noyabr.