Kontent qismiga oʻtish

Evangelista Torricelli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Torrichelli (Torricelli) Evanjelista (1608.15.10, Faensa — 1647. 25.10, Florensiya) — italyan fizigi va matematigi. Otasining ismi Gaspare Torricelli Onasining ismi Caterina Angetti. Galileo Galiley shogirdi — B. Kastelli qoʻlida taʼlim olgan. "Qattiq jismlarning harakati haqida traktat" (1641) kitobida G. Galileyning harakat haqidagi gʻoyasini rivojlantirdi. Galiley vafotidan soʻng uning vorisi sifatida gersog Toskaneskiy saroyida matematik, ayni paytda Florensiya universitetida matematika professor (1642). T. 1643-yilda tajriba yoʻli bilan simobli barometrni kashf qilgan (qarang Barometr). T. usti ochiq idish devoridagi teshikdan suyuklikning oqib chiqish tezligi T. formulasi: i q ^2gh ni keltirib chiqargan, bunda: h — teshik markazidan suyuqlik sathigacha boʻlgan balandlik, g — ogʻirlik kuchi tezlanishi. Bunga binoan, sathlari bir xil boʻlgan har qanday suyuklik idish teshigidan bir xil tezlikda chiqadi, degan xulosaga kelgan.[1]