Etilenglikol
Etilenglikol, 1,2 etandiol, HOCH2-CH2OH — 2 atomli oddiy spirt; rangsiz, hidsiz, shirin taʼmli qovushqoq gigroskopik suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi —12,7°, qaynash temperaturasi 197,° 6°, zichligi 1108,8kg/m3. Suv, spirt, atseton, glitserinda yaxshi eriydi, benzol, toluol, dietil efir, uglerod tetraxloridda oz eriydi. 20% li suvdagi eritmasi —8° da, 40% li eritmasi —24° da, 66,7% li eritmasi —75° da, 80% di eritmasi — 47° da, 90% li eritmasi — 29° da muzlaydi.
Etilenglikol glikollarning barcha xossalarini namoyon qiladi. Ishqoriy metallar va ishqorlar bilan glikolyatlar, organik kislotalar va ularning angidridlari bilan 1 va 2 almashingan murakkab efirlar, degidratlanganda atsetaldegid (2pS12ishtirokida), dietilenglikol (№ON ishtirokida) yoki dioksan (N2804ishtirokida qizdirilganda), etilenoksid bilan polietilenglikollar H(OCH2CH2)pOH hosil qiladi.
Sanotda Etilenglikol etilenoksidni gidratlab olinadi. Etilenglikolning suv bilan aralashmasi antifriz sifatida ishlatiladi. Plastmassalar, sunʼiy tola ishlab chiqarishda toʻqimachilik, atirupa, tamaki sanoatida qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |