Eski anhor (Qarshi)
Qiyofa
Eski anhor | |
---|---|
Joylashuv | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Texnik xususiyatlari | |
Uzunligi | 7.7 km (4.8 milya) |
Dengiz sathidan maksimal balandlik | 378 m (1,240 ft) |
Geografiyasi | |
Tugagan nuqtasi | Bogʻishamol mahallasi |
Ulangan | Qashqadaryo |
Eski anhor – Qashqadaryo daryosining Qarshi tumanidan oqib oʻtuvchi qismidan boshlanuvchi kanal. Umumiy uzunligi 7,7 kmni tashkil qiladi[1]. Qarshi shahrining „Bogʻishamol“ mahallasi hududigacha oqib boradi. Kanalning 4,2 km qismi Qarshi shahrida, 3,5 km qismi esa Qarshi tumanida joylashgan. Kanal kesib oʻtgan xalqaro ahamiyatdagi A-380 yoʻlida koʻprik barpo etilgan. Kanal oqib oʻtadigan barcha yondosh hududlar betonlangan. Har yili mavsumiy tarzda loy qatlamlardan tozalanadi[2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Anhor kanalini tozalash ishlari yakunlanmoqda“. Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Obodonlashtirish ishlari“. Qarshi shahri hokimligi. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Аnhor kanalida tozalash ishlari davom etmoqda“. Qarshi shahar hokimligi. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.