Kontent qismiga oʻtish

Eskalator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eskalator (lotincha — zinapoya) — uzluksiz harakatlanuvchi qiya zinapoyalardan iborat polotnoli koʻtarishtashish qurilmasi; konveyer. Odamlar va yuklarni pastdan yuqoriga va, aksincha, eltish hamda tashish uchun xizmat qiladi. Eskalator metropoliten stansiyalari (tunnel E.) va koʻp qavatli jamoat binolari: magazin, teatr va vokzallarda (qavatlararo E.) ishlatiladi.