Kontent qismiga oʻtish

Eshitish organlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eshitish organlari, eshitish aʼzolari – odam va hayvonlarning sezgi organlari hisoblandi. Asosiy qismi tovushni qabul qilishga ixtisoslashgan retseptorlar hisoblanadi. Umurtqasiz hayvonlar orasida haqiqiy eshitish organlari faqat hasharotlarda rivojlangan; koʻpincha ilk sezgi, yaʼni timpanal (toʻgʻriqanotlilar, chala qattiqqanotlilar, kapalaklar), baʼzan xordotonal, jonston va boshqalar organlardan iborat. Timpanal organlar oyoqlarda, qorin yoki koʻkrakda boʻlib, ular traxeyalar yoki havo boʻshliqlari bilan bogʻlangan kutikulyar (qarang Kutikula), yaʼni nogora pardadan unga birikkan yoki traxeyalar bilan bogʻlangan xordotonal sensillalardan iborat. Jonston organ esa chivinlar moʻylovining boʻgʻimida joylashgan. Yuksak rivojlangan sudralib yuruvchilar (masalan, timsohlar)da ilk bor nogʻora parda bilan qoplangan maxsus teri burmalari shaklidagi tashqi quloq paydo boʻladi[1].