Kontent qismiga oʻtish

Erizipeloid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Erizipeloid („erysipeloides“) yoki choʻchqalar saramasi, sudralma eritema bu — yuqumli kasallik hisoblanadi. Odatda terining, kamroq shilliq pardaning kuchayib boruvchi oʻtkir yalligʻlanishi bilan kechadi.

Etiologiyasi va patogenezi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning qoʻzgʻatuvchisi oddiy saramasdagidan farqli ravishda streptokokk emas, choʻchqalar saramasi tayoqchasidir. Kasallik aloqa (kontakt) natijasida yuqadi. Kasallikni yashirin davri 3-7 kunga choʻziladi. Ushbu kasallik bilan asosan, uy bekalari, shuningdek, goʻsht va baliq sanoati bilan bogʻliq ishxonadagi ishchilar kasallanadilar.

Patologoanatomik manzarasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barcha teri qatlamlari zardobli yalligʻlanadi va u kattalashib boruvchi shish, limfostaz va limfangont bilan birga kechadi. Terida shish avj oladi, chegaralari aniq koʻrinib turgan qip-qizargan joylar (eritema) paydo boʻladi. Gistologik manzarasi serroz-gemorragik yalligʻlanishga mos keladi. jarayonning keyingi rivojlanishiga shishning kattalashishi va epidermisni qatlamlantiruvchi ekssudat paydo boʻladi, natijada suyuqlikka toʻla pufakchalar paydo boʻladi.[1]

Klinik manzarasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallik boshlangan birinchi kundayoq barmoqlarning orqa tomoni ustida qichishish kuzatiladi. Teri va tana harorati norma atrofida boʻladi. 10-12 kundan soʻng oʻtkir yalligʻlanish jarayoni belgilari yoʻqoladi, biroq yalligʻlanish boshqa panja va barmoqlarga oʻtishi mumkin. Kasallik qoʻzib turishi mumkin. Erizilopeid tromboflebit, shuningdek nefrit va septik holat bilan yanada ogʻir kechishi mumkin.

Differensial diagnozi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Choʻchqalar saramasini xasmol, barmoqning bir boʻgʻimaro artriti, saramas va dermatitdan farqlash lozim.[2]

Sulfanilamidlarni sepma dori sifatida qoʻllash, shikastlangan joyga koʻk dori surkash mahalliy davo qilishga kiradi. Barmoq immobilizatsiya qilinadi, penitsillin-novokain blokadalari, ultrabinafsha kvars nurlar bilan nurlantirish, rentgenoterapiya, spesifik zardoblar qoʻllanadi. Soʻngi yillarda qoʻl-oyoqdagi jarayonning avj olishiga yoʻl qoʻymaslik uchun limfotrop antibiotiklarni endolimfatik yuborishni qoʻllash orqali kasallikning ogʻir turlarini davolashda muayyan muvaffaqiyatlarga erishildi.[3]

  1. Oripov. Erizipeloid, 2, Toshkent: yangi asr avlodi, 2008-yil — 377-378-bet. ISBN 978-9943-08-238-0. 
  2. Кузин. {{{title}}}, 1, Москва: Медицина, 2002-yil — 39-bet. ISBN 978-5-225-00920-4. 
  3. Затевахина. {{{title}}}, 1, Москва: Гэотар-медиа, 2016 — 22-bet. ISBN 978-5-9704-3630-1.