Epoksid polimerlar
Epoksid polimerlar - epoksid smolalar yoki epoksid oligomerlarning qotiruvchilar ishtirokida polimerlanish mahsulotlari. Oddiy epoksidlar asosida olingan materiallar mexanik va issiqlik taʼsiriga 155°gacha chidaydi, ammo Epoksid polimerlarning oʻzi nisbatan yuqori boʻlmagan issiqlikka bardosh bera olmaydi. Yuqori haroratga chidamli Epoksid polimerlar: 1) epixlorgidrinni yuqori haroratga chidamli fenol komponentlari bilan kondensatlab; 2) epixlorgidrinni boshqa oksid komponentlar, xususan, bisepoksidlar bilan almashtirib olinadi. Diepoksid asosida yangi sikloalifatik Epoksid polimerlar chiqariladi. Ular kislota oksidlari bilan qotiriladi va yuqori haroratga bardosh bera oladi, dielektrik xossalarini 200°gacha saqlaydi. VGʻ3bilan qotirilgan Epoksid polimerlar gidroksil guruhlarning kamligi va katta pishiklikka egaligi bilan farqlanadi, shuningdek, uzoq vaqt davomida 200° haroratga chidaydi. Epixlorgidrin va 2 atomli fenolni ishqor ishtirokida qizdirilganda tola hosil qiluvchi aromatik polioksibirikmalar — Epoksid polimerlar olish mumkin. Epoksid polimerlarning issiqlikka bardoshligini oshirish maqsadida makromolekula tarkibiga koʻp atomli fenollar kiritiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |