Entelexiya
Qiyofa
Entelexiya (yun. — tugal, mukammal va — egaman) — Aristotel falsafasidagi tushuncha; borliqdagi bironbir imkoniyatning amalga oshuvi, shuningdek, ana shu amalga oshishning harakatlantiruvchi omilini (mas, jon tananing E.si sifatida) bildiradi va borliqning toʻrtta asosiy prinsipi — shakl, materiya, ishtirok etuvchi sabab va maqsad birligini ifodalaydi. E.da hodisalarni tushuntirishning teleologik prinsipi (qarang Teleologiya) namoyon boʻladi. "E." termini oʻrta asr falsafasida, G. V. Leybnits taʼlimotida saqlangan. Biologik hodisalar sabablarini gʻayritabiiy kuchlardan qidirish ham ana shu tushuncha bilan bogʻliqdir (qarang Vitalizm.)
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |