Kontent qismiga oʻtish

Endokard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Endokard (endo... va yunoncha — yurak) — yurak devorining ichki qavati; yurak muskul qavatining ichki yuzasini qoplab turadigan yupqa parda. Endokard talaygina elastik tolalar, silliq muskul tolalari kollagenli biriktiruvchi toʻqimadan tuzilgan. Endokard pardasining ichkari (qorincha va boʻlmacha boʻshliqlari)ga qaragan yuzasi endoteliy bilan qoilangan, shu sababdan yurakning ichki yuzasi silliqboʻlib koʻrinadi. Endokard yurakning hamma boʻlimlarini bir xilda qoplamagan, yurak qulogʻida — qorinchalarida endokard birmuncha yupqa, boʻlmachalarning ichki yuzasida esa bir oz qalin boʻladi, shu sababli u tiniqroq koʻrinadi. Endokardda nerv oxirlari koʻp. Endokard atrioventrikulyar teshiklar hamda aorta va oʻpkaning boshlanish joyidagi teshiklarda burma (dublikatura) hosil qilib, atrioventrikulyar (tavaqali) yarimoysimon klapanlarni vujudga keltiradi. Endokardning yalligʻlanishi endokardit deyiladi.