Emo kidlar
Emo kidlar (emo — emosional soʻzidan qisqartma, kids — bolalar) — emo janri va unga qardosh uslublar musiqasi muhlislari asosida yaralgan submadaniyatning va yoshlar modasining vakillari.
Emo stilining asosiy qirralari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Emo kidlarning imidji
[tahrir | manbasini tahrirlash]Emolarning anʼanaviy soch turmagi deb bir koʻzni yopib turuvchi va uzunligi burungacha boʻlgan qiyishiq, yirtiq peshonagajak (chelka), orqa tarafida esa har tomonga qaragan qisqa sochlar hisoblanadi. Afzallik qattiq, toʻgʻri qora sochlarga beriladi. Qiz bolalarda bolalarcha, kulguli soch turmaklari boʻlishi mumkin — ikki kichikkina soch yigʻmasi, yon tarafga taqiladigan yurak shaklidagi yorqin soch qisqichlari, bantiklar.
Koʻp hollarda emo kidlar quloqlarini teshishadi yoki tonnelar qildirishadi. Bundan tashqari, emo kidning yuzida pirsing boʻlishi mumkin (masalan, lablarda, burunning chap boʻlagida, qoshlarda).
Qizlar ham, yigitlar ham lablarini teri ranglariga moslab boʻyashlari, och tonal krem ishlatishlari mumkin. Koʻzlar qalam yoki tush bilan qalin boʻyaladi, natijada ular och yuzda yorqin belgi boʻlib koʻrinadilar. Bunday pardoz asosan konsert yoki seyshenlarga borilganda qilinadi.
Internetda emo kidlarning niklari juda oʻtkirdir, misol uchun, x_broken_heart_x, xlonelyxstarx va hokazo. "x" harfining niklarga qoʻshilishi emo kidlarning veganizm bilan bir qatorda tarqalgan straight edge madaniyatiga qaram ekanliklarini bildiradi.
Kiyim-kechak
[tahrir | manbasini tahrirlash]Emo kidlar pushti-qora tusdagi, ikki rangli bezakli kiyimlarni kiyishadi va uslublashgan nishonlarni taqishadi. Kiyinishdagi asosiy ranglar qora va pushti hisoblanadi, ammo boshqa yorqin-shokka tushiruvchi ranglarga ham mayl berilgan.
Keng chiziqli koʻrinishlar ham uchraydi. Koʻp hollarda kiyimda emo guruhlarning nomlari, kulguli rasmlar yoki singan yuraklar tasvirlanadi. Skeytbordchi va BMX-chilar kiyimlarining sport uslubidagi qirralari ham uchraydi.
Qora | Yorqin |
---|---|
Emo obrazida koʻproq uchraydi. Uning tanlovi depressiya, baxtsizlik bilan chaqirilgan boʻlishi mumkin. |
Quvonchli daqiqalarni ifodalaydi. Bu umumiy tushkunlikka qarshi chaqiruv, emoning gotik submadaniyat bilan bogʻliqligini inkor etish va uni pop-punkka yaqinlashtirishdir. |
Emo kidlar uchun xos boʻlgan oyoq kiyim bu — kedalar (converse yoki skeyterlarning kedalari), shuningdek, fliplar, sliplar, Vanslar.
Eng tipik kiyim-kechak:
- Tor, yopishib turuvchi futbolka.
- Qora yoki kulrang-koʻk rangdagi tor jinsilar, teshik yoki yamoqlari boʻlishi mumkin.
- Osilib turuvchi zanjirli, katta temir timsolli qora yoki pushti rang kamar.
- Yorqin yoki qora ipli kedalar.
Qizlarda odatda qora rangdagi uzun koʻylaklar uchraydi. Bantikli obodokchalar mavjud boʻladi. Qoʻllarda yoʻl-yoʻl chiziqli getralar. Uniseks kiyimi kamroq uchraydi.
Atributika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Emo kidlar uchun quyidagi atributlar harakterli:
- Yamoq va nishonlar bilan qoplangan pochtachi sumkasi.
- Kiyimlarga, baʼzan esa oyoq kiyimlariga biriktirilgan nishonlar.
- Yorqin yoki qora rangdagi gardishli keng koʻzoynaklar.
- Boʻyinda yorqin ranglardagi katta durlar.
Timsollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Pushti rang yurak, koʻp hollarda koʻndalangiga darz ketgan yoki mayda boʻlaklarga boʻlingan boʻladi.
- "Bang-bang" (oʻq uzish ovozi) yozuvli pushti rang (yoki qora) pistolet yoki ustma-ust qoʻyilgan pistoletlar.
- Pushti rang fonda qora besh qirrali yulduz.
Oʻziga xos harakatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Peshonagajak (chelka) pastga tushirib boshni egib turish va chakkasiga pistolet singari ikki barmoqni tirash.
- Qoʻllarni yurak shaklida yigʻish.
Dunyoqarash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ommaviylashish muammosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi zamonda bu madaniyatning keng ommaviylashuvi sababli koʻplar uning haqiqiy maʼnosini unutmoqdalar va diqqatni faqat tashqi koʻrinishga qaratmoqdalar. Buning natijasida, emoning vakillari orasida boʻlinish yuz berdi: haqiqiy emolar oʻzlarini "true" deb nomlaydilar (inglizcha: true — haqiqat, haqiqiy), musiqaning oʻrniga moda va ommaviylikka berilganlarni esa "pozerlar" deb ataydilar (inglizcha: poseur — pozer, koʻchirmachi). "Koʻchirmachilar" va submadaniyatning asl vakillari orasidagi ziddiyat "antiemo" nomli holatga aylandi. Ular oʻz navbatida "pozerlarni" taʼqib qilib, emo kidlar tashqi koʻrinishining xos qirrasi — peshonagajakini (chelka) qirqib tashlaydilar.
Emo lugʻat
[tahrir | manbasini tahrirlash]- True emo — haqiqiy, ideal emo kid. Amalda bundaylar mavjud emas, chunki emoning pozitiv, suisidal, depressiv va shunga oʻxshash turli xil dunyoqarashlari mavjud.
- Scream — emosional chinqiriq, quloqni teshadigan baqiriq. Emo va screamo janrlaridagi musiqiy guruhlar vokaliga xos ijro uslubi.
- sXe — "straight edge"dan qisqartma, sogʻlom hayot shaklining tashviqoti.
- Bang-Bang — ingliz tilida qabul qilingan pistolet oʻq tovushining qiyofasi. Emo kidlarning eng sevimli iboralaridan biri.
- Fliplar — rombchali latta shippaklar.
- Sliplar (slip-onlar) — shippaklarga oʻxshash oyoq kiyim, ammo tagliklari kedalarnikiga oʻxshaydi.
- Sneplar — rezinka va simlardan yasalgan qoʻl taqinchoqlari.
- Tonnellar — quloqlardagi katta yumaloq teshiklar, shuningdek, ularga tiqilgan ichi boʻsh ziraklar.
- Plaglar — tonnellarga tiqilgan teshiksiz ziraklar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Emo oʻzi nima? (rus.)
- Emokids.ru (Wayback Machine saytida 2007-11-21 sanasida arxivlangan) (rus.)