Kontent qismiga oʻtish

Emma Aslonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emma Aslonova
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
Mansab davri
2020-yil yanvar
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 28-mart 1973-yil (1973-03-28) (51 yosh)
Buxoro tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR, SSSR
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Kasbi oʻqituvchi
Maʼlumoti Buxoro universiteti
Mukofotlari

Emma Sergeevna Aslonova (tugʻ. 1973-yil 28-mart, Buxoro tumani, Buxoro viloyati, oʻzbek SSR, SSSR) - oʻzbek oʻqituvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.

Emma Aslonova 1973-yil 28-martda Buxoro viloyatida tugʻilgan. 1993-yilda Buxoro universitetini rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. Xuddi shu yili u oʻz faoliyatini Buxoro viloyatidagi 15-sonli iqtidorli bolalar maktabida rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi sifatida boshladi. 2007-2008-yillarda Galaasi pedagogika kollejida rus tili va adabiyotidan dars bergan. 2008-yildan 2017-yilgacha Buxoro viloyati 2-sonli oʻrta maktab direktori boʻlib ishlagan[1]. Emma Aslonova - Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining a'zosi.

2020-yil yanvar oyida IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining a'zosi etib saylandi. 2017-yildan buyon Buxoro viloyatida maktabgacha ta'lim boshligʻi sifatida ishlaydi[2].

  1. „АСЛОНОВА Эмма Сергеевна | ЦентрАзия“. centrasia.org. Qaraldi: 2021-yil 29-mart.
  2. „Кандидаты“ (ru). elections.uz. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-mart.