Elyuar Pol
Elyuar Pol (taxallusi; asl nomi Ejen Emil Pol Grendel, Opps1e1) (1895.14.12, SenDeni, Sena departamenti — 1952.18.11, Sharanton) — fransuz shoiri. Dastlab, 1919-yil dadaizm (modernizm yoʻnalishidagi adabiy-badiiy oqim) ruhida jumboq va tushunish bir qadar ogʻir boʻlgan sheʼrlar yozgan ("Hayvonlar va ularning egalari, odamlar va ularning hayvonlari", 1920; "Namunalar", 1921). 1924-yil A.Breton, L.Aragon va boshqalar bilan birgalikda syurrealizm yoʻnalishida ijod qiluvchilarning namoyandasiga aylangan. Keyinchalik fashizmga qarshi xarakterdagi dostonlar yozgan ("1936-yil noyabr", "Gernika gʻalabasi", 1938). E. lirikasida birodarlik, mehnat ulugʻlangan ("Qaygʻu yomgʻiri", 1926; "Haqiqiy hayot", 1932; "Atirgul hamma uchun", 1934 va boshqalar toʻplamlari), "Ochiq kitob I" (1940), "Ochiq kitob II" (1942) va boshqalar asarlarida vatanparvarlik tuygʻulari aks etgan. E.ning "Ozodlik", "Sheʼriyat va 1942-yil haqiqati" sheʼrlari Qarshilik koʻrsatish harakatining dasturiga aylangan. "Siyosiy sheʼrlar" (1948), "Axloq sabogʻi" (1949), "Feniks" (1951) va boshqalar toʻplamlarida tinchlik va erkinlik uchun kurash gʻoyalari ilgari surilgan. Vafotidan soʻng unga Xalqaro Tinchlik mukofoti berilgan (1953).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |