Elena Kats-Chernin
Elena Kats-Chernin | |
---|---|
![]() Kats-Chernin, 2018-yilda | |
Tavalludi |
4-noyabr 1957-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | bastakor, pianinochi |
Elena Davidovna Kats-Chernin (1957-yil 4-noyabr) Oʻzbekistonda tugʻilgan avstraliyalik bastakor va pianinochi. Elena „Wild Swans“ nomli baleti bilan tanilgan.
Yoshligi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elena Kats-Chernin Toshkentda tugʻilgan, dini — yahudiylik[1]. U 14 yoshidan Moskvadagi Yaroslavl musiqa maktabi va Gnessin nomidagi davlat musiqa kollejida tahsil oldi. 1975-yilda Avstraliyaga koʻchib oʻtdi va Sidney musiqa konservatoriyasida Richard Toop (bastakor) va Gordon Uotson (pianino) qoʻl ostida oʻqishni davom ettirdi[2]. Shuningdek, u Darlinghurst yer osti teatri sahnasida Cabaret Conspiracy, Fifi Lamour, Boom Boom La Burn va boshqa shu kabi guruhlar bilan Elena Kats nomi ostida rollar ijro etgan[manba kerak].
Yevropa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kats-Chernin Germaniyada Helmut Lachenmann bilan birga tahsil olgan. U Yevropada oʻn uch yil yashadi va teatr va baletda faoliyat olib bordo. Berlin, Vena, Gamburg va Boxum davlat teatrlari uchun musiqalar yozdi[manba kerak]. 1993-yilda Elena Ensemble Modern „Clocks“ asarini yozdi. Asar oʻshandan beri butun dunyo boʻylab ijro etilib kelinmoqda.
Avstraliya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1994-yilda Avstraliyaga qaytib kelganidan beri Kats-Chernin koʻplab ijrochilar va ansambllar uchun bir nechta opera, pianino konserti va kompozitsiyalarni yozdi.
U Avstraliyada koʻplab musiqiy kompozitsiya mukofotlarini qoʻlga kiritgan va uning asarlari „ABC Classic FM“ radiosida muntazam ravishda efirga uzatilib kelinmoqda. 2009-yilda Kats-Cherninga „Avstraliya Milliy muzeyi“ tomonidan „Garden of Dreams“ nomi ostida orkestr yozish topshirildi. Asar muzeyning meʻmoriy xususiyatlari haqida boʻlib, 2009-yilda muzeyda asarning premerasi boʻlib oʻtdi[3].
Avstraliyalik rassom Vendi Sharp tomonidan chizilgan Kats-Chernin portreti 2019-yilda „Milliy portret galereyasi“ (Avstraliya) tomonidan sotib olingan[4].
Mukofot va sovrinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elena Kats-Cherninga 2019-yilning yanvar oyida „orkestr, opera va kamera musiqasi bastakori sifatida, xususan musiqaga koʻrsatgan xizmatlari uchun“ Avstraliya ordeni topshirildi[5].
ARIA Music Awards
[tahrir | manbasini tahrirlash]ARIA Music Awards — Avstraliya musiqasining barcha janrlaridagi mukammallik, innovatsiya va yutuqlarni eʼtirof etuvchi yillik taqdirlash marosimi. Mukofot 1987-yildan beri topshirib kelinadi.
Yil | Nomzod / ish | Mukofot | Natija | Manba |
---|---|---|---|---|
2005 | Wild Swans | Eng yaxshi klassik albom | Nominatsiya | [6] |
2008 | Slow Food | Nominatsiya | ||
2017 | A Piece of Quiet (The Hush Collection, Vol. 16) (Lior va The Idea of North bilan birgalikda) |
Eng yaxshi bolalar albomi | Nominatsiya |
Australian Women in Music Awards
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Australian Women in Music Awards“ har yili oʻtkaziladigan tadbir boʻlib, oʻzlari tanlagan sohada muhim va doimiy hissa qoʻshgan Avstraliya musiqa sanoatidagi taniqli ayollarni taqdirlaydi. Mukofot 2018-yildan beri topshirib kelinadi.
Yil | Nomzod / ish | Mukofot | Natija |
---|---|---|---|
2022[7] | Elena Kats-Chernin | Badiiy mahorat mukofoti | Yutuq |
Eng yaxshi klassik musiqa mukofoti | Nominatsiya |
Sidney Myer Performing Arts Awards
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sidney Myer Performing Arts Awards raqs, drama, komediya, musiqa, opera, sirk va qoʻgʻirchoq teatridagi ajoyib yutuqlarni eʼtirof etadi. Mukofot 1984-yildan beri topshirib kelinadi.
Yil | Nomzod / ish | Mukofot | Natija |
---|---|---|---|
2013 | Elena Kats-Chernin | Yakkalik mukofoti | Yutuq |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Hard at the top: Fraser Beath McEwing meets composer Elena Kats-Chernin", J-Wire, 12 June 2017
- ↑ Sydney Symphony Orchestra (Wayback Machine saytida 21 April 2014 sanasida arxivlangan)
- ↑ "Museum accepts a major Australian musical work" (Wayback Machine saytida 2015-09-15 sanasida arxivlangan), National Museum of Australia media release, 10 May 2009
- ↑ „The Witching Hour – Elena Kats-Chernin, 2017“. National Portrait Gallery collection. Qaraldi: 2020-yil 3-fevral.
- ↑ Australian Honours Database. Retrieved 28 January 2019
- ↑ ARIA Award previous winners. „ARIA Awards – Winners by Award“. Australian Recording Industry Association (ARIA). Qaraldi: 2018-yil 12-noyabr.
- ↑ „2022 Australian Women In Music Awards Winners“. Scenestr (2022-yil 19-may). Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.