Elena Davidovich
Elena Abramovna Davidovich (1922 yil 24-dekabr, Toshkent – 2013 yil 5-dekabr, Moskva) – sovet va rus arxeologi, numizmat, tarix fanlari doktori (1965).
1945 yilda Oʻrta Osiyo Universitetining (SAGU) tarix fakultetini tugatdi va kafedrada oʻqituvchi boʻlib qoldi. 1965 yilda Elena Abramovna tarix fanlari doktori, 1969 yilda esa professor boʻldi. 1970-yillarning boshlarida akademik B. G. Gʻofurov SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining direktori sifatida B. A. Litvinskiy va E. A. Davidovichlarni Moskvaga ishlashga taklif qildi.
Sharqshunoslik institutida Elena Abramovna tarixiy manbalarni oʻrganish boʻlimini boshqargan. Elena Abramovna Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqdagi numizmatikani oʻrganish boʻyicha 250 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi boʻlgan.
U 2013 yil 5-dekabrda Moskvada 90 yoshida vafot etdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Davidovich Ye. A. Istoriya monetnogo dela Sredney Azii XVII–XVIII vv. (Zolotyye i serebryanyye monety Dzhanidov) / Akademik nauk Tadzh. SSR. In-t istorii im. Akhmada Donisha. – Dushanbe: Izd-vo Akademik nauk Tadzhik. SSR, 1964.
- Materialy po metrologii srednevekovoy Sredney Azii // V kn.: V. Khints. Musul’manskiye mery i vesa s perevodom v metricheskuyu sistemu. Ye. A. Davidovich. Materialy po metrologii srednevekovoy Sredney Azii (148 s.). – M., 1970
- Denezhnoye khozyaystvo Sredney Azii posle mongol’skogo zavoyevaniya i reforma Mas‘ud-beka. M., 1972.
- Davidovich Ye. A. Istoriya denezhnogo obrashcheniya srednevekovoy Sredney Azii (mednyye monety Maverannakhra XV – pervoy chetverti XVI v.). – M.: Nauka. Glavnaya redaktsiya vostochnoy literatury, 1983. – 360 s.