Kontent qismiga oʻtish

Elektrvakuum asboblar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Elektrvakuum asboblar — elektromagnit energiyani generatsiyalash (hosil qilish), kuchaytirish va oʻzgartirish uchun moʻljallangan, ish boʻshligʻidan havosi soʻrib olingan va atrofdagi atmosferadan qattiq qobiq bilan himoyalangan qurilmalar. Choʻgʻlanma lampalar, elektronvakuum asboblar, gaz razryadli elektron asboblar (ion asboblar), elektrvakuum diod va boshqalar еlektrvakuum asboblar jumlasiga kiradi. Elektronvakuum asboblarda (triodlar, tetrodlar, pentodlar, kineskoplar va boshqalar) elektronlar oqimi vakuumdan oʻtadi, gaz razryadli elektron asboblarda (simobli ventillar, gaz razryadli indikatorlar va boshqalar) esa elektronlar oqimi gazdan oʻtadi; elektrvakuum diodlar oʻrniga foydali ish koeffitsiyenti (f. i. k.) katta boʻlgan yarimoʻtkazgichli diodlar ishlatilmoqda. Elektrvakuum asboblar uy-roʻzgorda, biologiya, fizika va kimyoda, sanoat tarmoqlarida qoʻllanadi.