Elektrolitlar
Elektrolitlar (elektro… va yun. 1u1o8 — eruvchan, parchalanuvchan) — elektr tokini oʻtkazuvchi ionlarning maʼlum konsentratsiyasi qatnashadigan kimyoviy moddalar yoxud sistema; tor maʼnoda — elektrolitik dissotsiatsiya natijasida hosil boʻladigan ionlar bilan elektr toki oʻtkazadigan eritmalar. Elektrolitik dissotsiatsiya darajasiga koʻra kuchli Elektrolitlar (a birga yaqin) va kuchsiz Elektrolitlar (a 0 ga yaqin) farqlanadi. Eritmada 1 ta molekulani dissotsiatsiyalaydigan ionlar soniga qarab Elektrolitlar binar (2 ta ion), ternar (3), kvarternar (4), simmetrik va assimmetrik xillarga boʻlinadi. Elektrolitlar fan va texnikada keng qoʻllanadi. Tirik organizmlarning barcha suyuq sistemalarida Elektrolitlar boʻladi. Elektrolitlar koʻpgina kimyoviy sintezlar va elektrokimyoviy ishlab chiqarish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Elektrolit eritmalar deb suyuqlanmasi yoki suvdagi eritmasi elektr toʻkini oʻtkazsa elektrolitlar hisoblanadi
Elektrolit eritmasidan yoki suyultirilgan elektrolitdan elektr toki oʻtkazilganda sodir boʻladigan oksidlanish-qaytarilish jarayoniga elektroliz deb ataladi. Elektrolizning mohiyati shundan iboratki, anodda oksidlanish, katotda esa qaytarish jarayoni boradi. Elektolitlarning eritmalari yoki suyuqlanmalari har xil ishoradagi ionlar boʻlib, ular tartibsiz harakatlanadi. Agar elektolitlarning yoki suyuqlantirilgan eritmasiga M: NaCl eritmasiga grafitdan yasalgan elektrodlarni tushirib oʻzgarmas tok manbaiga ulansa Na+ ionlari anodga, Cl- ionlari katodga tomon harakatlanadi, Natijada natriy ionlari elektronlar olib qaytariladi Na+ +e =Na xlor ionlari esa elektronlar berib oksidlanadi 2Cl- — 2e = Cl2. Natijada katodda natriy metali, anodda xlor ajralib chiqadi. 2 Na+ +2Cl- = 2Na + Cl2. Bu reaksiya oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi hisoblanadi. Anodda oksidlanish, katodda esa qaytarilish jarayoni boradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |