Kontent qismiga oʻtish

Elektrolit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Elektrolitlar (elektro… va yun. 1u1o8 – eruvchan, parchalanuvchan) – elektr tokini oʻtkazuvchi ionlarning maʼlum konsentratsiyasi qatnashadigan kimyoviy moddalar yoxud sistema; tor maʼnoda – elektrolitik dissotsiatsiya natijasida hosil boʻladigan ionlar bilan elektr toki oʻtkazadigan eritmalar. Elektrolitik dissotsiatsiya darajasiga koʻra kuchli elektrolitlar (a 1 ga yaqin) va kuchsiz elektrolitlar (a 0 ga yaqin) farqlanadi. Eritmada 1 ta molekulani dissotsiatsiyalaydigan ionlar soniga qarab elektrolitlar binar (2 ta ion), ternar (3), kvarternar (4), simmetrik va assimmetrik xillarga boʻlinadi. Elektrolitlar fan va texnikada keng qoʻllanadi. Tirik organizmlarning barcha suyuq sistemalarida elektrolitlar boʻladi. Elektrolitlar koʻpgina kimyoviy sintezlar va elektrokimyoviy ishlab chiqarish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega.

Elektrolit eritmalar deb suyuqlanmasi yoki suvdagi eritmasi elektr tokini oʻtkazadigan suyuqliklarga aytiladi. Elektrolit eritmasidan yoki suyultirilgan elektrolitdan elektr toki oʻtkazilganda sodir boʻladigan oksidlanish-qaytarilish jarayoniga elektroliz deb ataladi. Elektrolizning mohiyati shundan iboratki, anodda oksidlanish, katodda esa qaytarish jarayoni boradi. Elektrolitlarning eritmalari yoki suyuqlanmalari har xil ishoradagi ionlar boʻlib, ular tartibsiz harakatlanadi. Agar elektrolitlarga yoki suyuqlantirilgan eritmasiga, masalan, NaCl eritmasiga grafitdan yasalgan elektrodlarni tushirib oʻzgarmas tok manbaiga ulansa Na+ ionlari anodga, Cl- ionlari katodga tomon harakatlanadi, Natijada natriy ionlari elektronlar olib qaytariladi: Na+ +e =Na, xlor ionlari esa elektronlar berib oksidlanadi: 2Cl- – 2e = Cl2. Natijada katodda natriy metalli, anodda xlor ajralib chiqadi. 2 Na+ +2Cl- = 2Na + Cl2. Bu reaksiya oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi hisoblanadi. Anodda oksidlanish, katodda esa qaytarilish jarayoni boradi.