Elektr sigʻimi
Qiyofa
Elektr sigʻimi — oʻtkazgichning elektr zaryad toʻplash xususiyatini ifodalovchi elektr kattalik. Miqdor jihatidan yakkalangan oʻtkazgichning potensialini bir birlikka oʻzgartirish uchun zarur zaryad miqdoriga teng. Amalda kondensatorlarni parallel, ketma-ket yoki aralash ulash yoʻli bilan zarur Elektr sigʻimi olinadi. Yakkalangan o'tkazgichning elektr sig'imi - o'tkazgichdagi zaryadning maydon potensialiga nisbatiga teng. Kondensator sig'imi, zaryadning ya'ni Q ning kuchlanish (U) ga nisbatiga teng.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |